Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri oshirildi
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Davlat rahbari «Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Yuqoridagi qonunning 2-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Mehnat kodeksining 234-moddasi beshinchi qismidagi «uch yil» degan so‘zlar «olti yil» degan so‘zlar bilan almashtirildi.
Ushbu moddada aytilishicha, bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrda ayol o‘z ish joyini (lavozimini) saqlab qoladi. Ushbu ta’tillar ish stajiga, shu jumladan mutaxassislik bo‘yicha ish stajiga qo‘shiladi. Avvalgi tahrirda jami uch yildan ortiq bo‘lmagan muddat hisobga olingan, endi esa olti yildan ortiq bo‘lmaydi.
«Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarining kafolatlari yanada mustahkamlanishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunning 2-moddasi «Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun bilan tasdiqlangan yangi Mehnat kodeksi kuchga kirgunga qadar o‘z kuchini saqlab qolishiga e’tibor qaratish lozim.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi
Jahon | 15:28
-
Yil boshidan beri qancha ayolga himoya orderi berilgani aytildi
Ayollar dunyosi | 15:25
-
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q
Jahon | 14:54
-
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:54
Mavzuga oid

17:08 / 29.07.2024
5 yil stajga ega xodimni o‘qishga tavsiya etadigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

07:38 / 14.09.2023
Mahkum tomonidan bajariladigan har qanday ish stajga qo‘shiladigan mehnat faoliyati turiga kiritiladi

17:28 / 11.09.2023
«Birinchi ishimga 10 ming so‘m olgandim» – kopiraytingdan yaxshigina daromad topayotgan «dekret»dagi o‘qituvchi

07:51 / 06.07.2023