Kiyev Moskvaga ultimatum qo‘ydi
Ta’kidlanishicha, Rossiyaning Ukraina chegarasi va Qrimdagi harakatlari bo‘yicha batafsil izoh berishi uchun 24 soat vaqti bor.

Foto: Reuters
Ukraina tashqi ishlar vazirligi Rossiyadan Ukraina chegarasi va Qrimdagi harakatlari bo‘yicha batafsil izoh berishni talab qildi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Twitter sahifasida ma’lum qildi.
«Vena hujjatiga ko‘ra, Rossiya harbiy harakatlarining maqsadi, aniq o‘rni va yakunlanish muddati hamda harbiylari va texnikalari soni haqida batafsil ma’lumot taqdim etishi shart», — deyiladi xabarda.
Kulebaning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyada javob taqdim etish uchun 24 soat vaqt bor.
«Javob qaytarilmasa yoki yetarlicha ma’lumot taqdim etilmasa, Ukraina Rossiya va Vena hujjatining boshqa ishtirokchilariga favqulodda uchrashuv chaqirish to‘g‘risida murojaat qiladi, unda Rossiya tushuntirish beradi», — deya qo‘shimcha qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, Ukraina «barcha diplomatik imkoniyatlardan» foydalangan holda o‘z xavfsizligini ta’minlaydi.
Mavzuga oid

11:30 / 18.06.2025
Reuters: G7 AQSh tufayli Ukraina bo‘yicha bayonotni e’lon qilmaydi

10:45 / 18.06.2025
Kanada Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratdi

22:38 / 17.06.2025
O‘zbekiston ukrainalik bolalarga o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

13:00 / 17.06.2025