Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq bankining Andijondagi filiali xodimlari 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda
Xalq bankining Andijon viloyati filialining 13 nafar xodimi jami 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda. Prokuratura ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan, 11 kishi hibsga olingan, 2 kishiga esa garov ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Andijon viloyati Amaliyot bo‘limi xodimlari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, tergov davomida bank xodimlari 4,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirganliklari aniqlangan.
«Ushbu kamomadga yo‘l qo‘ygan 13 nafar bank xodimlariga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e’lon qilingan. 11 nafariga qamoq, 2 nafariga garov ehtiyot choralari qo‘llanilgan», deyiladi xabarda.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avvalroq Andijon shahar XTB rahbarlari 57 mlrd so‘mlik budjet pullarini talon-toroj qilishda gumonlanayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

23:09 / 26.07.2025
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025