Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yiladigan xatolar - Odinaxon Muhammad Sodiq bilan suhbat
Farzandlar – oilaning davomchilaridir. Oilada ota-ona tomonidan beriladigan tarbiya uni yo halokatga, yo saodatga yetaklashi tayin. Olima Odinaxon Muhammad Sodiq Kun.uz bilan suhbatda shariat farzand tarbiyalash bobida ota-ona zimmasiga yuklagan vazifalar va ko‘p uchraydigan xatolar haqida ma’lumot berdi.

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Oila qurishdan maqsad iffatni saqlash hamda nasl qoldirishdir. Allohdan zurriyot so‘rashda ham maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilish lozim. Zurriyot so‘rashdan maqsad – kelajakda o‘z ortidan solih bandani qoldirishdir.
Ko‘pincha shu maqsadni qo‘yishda ham xato qilinadi. Ota-ona farzand kutayotgan bo‘lsa, bu bilan maqtanish, ko‘z-ko‘z qilish holatlari uchraydi. Bundan imkon qadar chetlanish lozim. Farzand tilaganda “xizmatimizni qilsin, rohatini ko‘raylik” deb niyat qilishadi. Niyatda solih farzand so‘ralishining o‘zi yetarli. Solih farzand tufayli ota-ona barcha yaxshiliklarga yetishi mumkin. Zurriyot so‘rashda ayni shu tomoniga urg‘u berish kerak.
Qur’oni karimda ota-onalarning bu boradagi yolvorishi: “Bizga solih farzand bersang, shukr qiluvchilardan bo‘lamiz” deya bo‘lmog‘i lozimligi aytiladi.
Ammo har bir ota-ona ham shukr qilishni amalda qo‘llamaydi. Farzand uchun shukr shundaki, farzandni Alloh taolo istagandek tarbiyalashdir. Maqsad boshqa tomonga qaratilib, farzanddan boshqa narsalar talab qilib, tarbiyada xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa berilgan va’daga xilof bo‘ladi.
Farzandning huquqlari nimada?
Farzand dunyoga kelmasdan turib unda huquqlar paydo bo‘ladi. Ya’ni ota o‘z farzandi uchun munosib ona tanlashi, ona esa bolasi uchun munosib ota tanlashi lozim.
Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.) ham farzand ko‘radigan insonni to‘g‘ri tanlashni ta’kidlaganlar. Erkak ham, ayol ham farzand ko‘radigan insonini to‘g‘ri tanlashi farzandning ilk huquqi hisoblanadi. Ularning diniga, taqvosiga qarab tanlanishi esa eng ahamiyatli jihati hisoblanadi.

Farzand homilalik chog‘ida unga yashash huquqini berish (tushirish, abort qildirmaslik) ham farzandning huquqidir. Homilani o‘z vujudida olib yurgan onaning parvarishi erning zimmasida bo‘lib, bu ham tug‘ilajak bolaning huquqlaridan biri. Afsuski hozirgi vaqtda homilador ayollarimiz ham zo‘ravonliklarga, e’tiborsizlikka uchrayapti. Ularning ma’naviy tushkunlikka tushib qolishayotgani achinarli holat. Homilali ekanliklari, kelgusida bir insonni dunyoga keltirishi inobatga olinmayapti. Farzand hurmati uchun, uning haq-huquqlari uchun ham homilador ayollarga e’tibor berish kerak. Bu otaning vazifasi sanaladi.
Farzandning ta’minoti otaning zimmasida
Farzand dunyoga kelgach, uning huquqlari yanada ko‘payadi: munosib ism tanlash, aqiqa qilish, azon aytish kabilar ham shular jumlasidan.
Farzandning haqi 3 turga bo‘linadi. Ta’lim, tarbiya, ta’minotdagi huquqlari uning eng asosiy huquqlari bo‘lib, qolgan huquqlari shularning tarkibida bo‘ladi. Bola voyaga yetib, mustaqil rizq topishga qodir bo‘lgunga qadar ta’minoti otasining zimmasida bo‘ladi.
Farzandni ta’minlash onaning emas, otaning burchi – buni ba’zi otalar yaxshi bilib olishlari kerak. Bolaning ta’minotidan qochayotgan ko‘p otalarni ko‘ryapmiz. Ayniqsa, ajrashib ketayotgan erkaklar ayoli bilan birga bolasidan ham ajrashyapti. Ayol bilan ajrashish, bola bilan ajrashish degani emas. Farzand voyaga yetguncha bu otaning bo‘ynidagi qarz bo‘lib turadi.
Bolaning ta’lim olish huquqi ham bor: unga diniy va dunyoviy bilimlarni berish, bir sohani egallashga yo‘naltirish ota-onaning burchidir. Payg‘ambarimiz Rasululloh (s.a.v.): “Farzandlaringizni 7 yoshdan namozga o‘rgating. Agar 10 yoshida ham o‘qimasalar yengil uring. Shuningdek, ularning yotar joylarini alohida qiling”, deganlar. Shu hadisdan ko‘rinadiki, bolani 7 yoshdan farz amallarga o‘rgatish ota-onaning vazifasi hisoblanadi.
Ota-ona oldidagi muhim burch – farzandga go‘zal tarbiya berish, chiroyli xulq-atvorli etib voyaga yetkazish. “Ota-ona bolasiga berishi mumkin bo‘lgan eng go‘zal tortiq – go‘zal tarbiyadir”, deb marhamat qiladi payg‘ambarimiz.
Farzand tarbiyasi uchun ota-ona teng mas’ul
Bola tarbiyalashda ko‘pincha onaning o‘rni ta’kidlanadi. Bundan ba’zi otalar boshqacha xulosaga borib, o‘zlarini bu vazifadan mustasno hisoblashadi. Bola tarbiyasini butkul ayolga yuklab, o‘z mas’uliyatini ham ayolning zimmasida qoldirish odatga aylanyapti. Ayol farzandlari bilan ko‘p vaqt o‘tkazishi ma’lum, chunki erkakning tashqaridagi mas’uliyatlari ko‘proq bo‘ladi. Lekin bu ko‘chada choyxonalarda, oshna-og‘aynilar bilan vaqt o‘tkazib, uyda telefondan bosh ko‘tarmasligi kerak degani emas – ota ham farzand uchun vaqt ajratishi shart. Bola tarbiyasida er-xotin teng mas’ul.
Ona farzandni vujudida ko‘tarib yursa, katta qilsa, yuvib-tarasa, yedirib-ichirsa-yu, bolani tarbiyalashni ham to‘liq o‘z zimmasiga oladigan bo‘lsa, bundan ayolga jabr bo‘lib ketadi.
Bu yerda bundan boshqa manfaat ham bor – o‘g‘il bolalarni tarbiyalashda otaning o‘rni juda katta. O‘g‘il bola tarbiyasida onaning ko‘p ishtirok etishi oqibatida bola ayol tabiatiga xos jihatlarni o‘ziga singdiradi. Qat’iyatsizlik, irodasizlik, qo‘rqoqlik kabi fe’l-atvorga ega bolalarning tarbiyasiga qaralsa, ularning hayotida onalarining o‘rni ko‘p bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Avvalo, ota-ona o‘zlari shaxsiy namuna bo‘lishlari kerak. Chunki bola uyida ko‘rganini qiladi. Ularning tarbiyasi go‘zal va mukammal bo‘lishi uchun ota-onaning tarbiyasi shunday bo‘lmog‘i lozim.
Gulmira Toshniyozova suhbatlashdi.
Tasvirchi – Abdusalim Abduvohidov.
Odinaxon Muhammad Sodiq bilan turkum suhbatlar:
Shuningdek, Bintu Sodiq kanali orqali ham barcha savollarga javob olish mumkin.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

17:23 / 29.07.2025
G‘azoda ocharchilik boshlanmoqda – IPC hisoboti

20:44 / 28.07.2025
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi

11:42 / 22.07.2025
2024 yilda dunyo bo‘ylab 14 milliondan ortiq bola emlanmagan

14:14 / 18.07.2025