Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda erkak biznes-markazning yuqori qavatidan tushib ketib halok bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumanidagi xalqaro biznes-markazning yuqori qavatidan noma’lum erkak o‘zini tashlab yuborgani aytilgan video tarqaldi. Kun.uz muxbiri hodisa tafsilotlarini o‘rganish maqsadida voqea joyiga bordi.

Internetda tarqalgan ma’lumotlarda marhum 10- yoki 11-qavatdan tushib ketgani aytiladi. Biznes-markazi mutasaddilaridan biri Kun.uz muxbiri bilan suhbatda marhum markazning 15-qavatida joylashgan tashkilotlarning birida faoliyat yuritganini ma’lum qildi.
Videolarda marhum binoning asosiy kirish eshigining yon tarafida yotgani ko‘rinadi. Ma’lum bo‘lishicha, marhum binoning yon qismidan tushib ketgan. U yerda chekish joyi bo‘lib, odam bu joydan ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketishi imkonsiz ekani aytilmoqda.
Hozirga kelib fojia joyida bo‘lib turgan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari, kriminalistlar o‘z ishini yakunlagan, marhumning jasadi olib ketilgan; yerdagi qon dog‘lari tozalanmoqda.
Marhum qulab tushgan joyga jurnalistlar yaqinlashtirilmayapti. Hodisa ro‘y bergan hudud o‘rab olingan. Xalqaro biznes-markaz vakillari binoga kirib, marhumning hamkasblari bilan suhbatlashishimizga ruxsat berishmadi.
Voqea qanday ro‘y bergani, bu ehtiyotsizlik oqibatida ro‘y berganmi yoki erkak o‘z joniga suiqasd qilganmi, yoxud qotillik alomatlari bormi, hozircha hech narsa ma’lum emas. Rasmiy idoralardan munosabat bo‘lganicha yo‘q. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda rasmiy munosabat tayyorlanayotgani va u tez orada e’lon qilinishini bildirdi.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025