Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda pora evaziga MChJga hisoblangan 64 million so‘m zararni o‘chirmoqchi bo‘lgan elektr tarmoqlari muhandisi ushlandi
Tuman elektr tarmoqlari muhandisi 3 million so‘m evaziga korxonaga hisoblangan 64 million so‘m va dalolatnomani yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Guliston tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, tuman elektr ta’minoti korxonasining iste’molchilar bilan ishlash sektori muhandisi I.T. “J.F.” MChJga qarashli binoda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani holati bo‘yicha aniqlangan 64 million so‘m zararni hamda dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 3 million so‘m pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryo tumanida 2,5 million so‘m evaziga tadbirkorning 5 million so‘m qarzini o‘chirib bermoqchi bo‘lgan elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi ushlangandi.
Mavzuga oid

14:40
Rossiya mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari ishida - pora bo‘yicha yana 2 ta epizod

12:29 / 18.07.2025
Plastik karta orqali pora olgan bojxona inspektori ushlandi

13:03 / 16.07.2025
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi

07:28 / 16.07.2025