Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi tumanining sobiq hokimi qamoqqa olingani haqida xabar tarqaldi. Prokuratura bu xabarni rad etdi
Qarshi tumani hokimi sobiq o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya bo‘limlari boshliqlari - jami 3 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 167, 209-moddalari bilan ayblanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva budjet mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur xabarlar yuzasidan raddiya berdi.
Raddiyada yozilishicha, Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan 4 milliard 198 million so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilingani holati bo‘yicha Qarshi tuman hokimi sobiq o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya bo‘limlari boshliqlari jami 3 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan ayblanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Qarshi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan.
«Ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokim «jinoiy ish doirasida aybdor deb topilib, qamoqqa olinganligi» haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda. Shunga ko‘ra, aholi orasida yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish tegishli javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiramiz», deyiladi raddiyada.
Ma’lumot uchun, Maqsuda Mustafoyeva 2020 yil mart oyida Qarshi tumani hokimi etib tayinlanib, 2022 yil 6 fevral kuni ishdan bo‘shatilgandi.
Maqsuda Mustafoyeva Qarshi tumani hokimi sifatida ishlagan davrida ko‘plab shov-shuvli ishlar bilan omma e’tiboriga tushgandi. Jumladan, Qarshi tumanida faoliyat yurituvchi «Sulton teks» MChJ klasterining tugatilishida ham uning ishtiroki bo‘lgan.
2021 yil yozida ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanida 100 million so‘m pul hokimlik tomonidan o‘zlashtirib yuborilgani haqida xabarlar tarqalishi ortidan 2021 yil 23 iyul kuni viloyat hokimligida yig‘ilish o‘tkazilgan, unda prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ham muhokama qilingan, muhokama jarayonida Qarshi tumanida ishlar qoniqarsiz olib borilgani aytilgan.
2021 yil 12 avgust kuni yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Maqsuda Mustafoyevaga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llangan.
Sentabr oyida OAV vakillari bilan suhbat vaqtida Qashqadaryo viloyati sobiq hokimi Zoir Mirzayev uni hokimlikka tavsiya etganidan afsusdaligini bildirgandi. «Barchada xato va kamchiliklar bo‘ladi, albatta. Rahbar sifatida buni tanqid qilaman. Yaqinda Qarshi tumani hokimi bilan suhbatlashib, kamchiliklarini ko‘rsatdim. Men boshida uning ishini ko‘rmasdan, hokimlikka tavsiya berganimni xatoyim deb bilaman», degandi u.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

11:06 / 17.07.2025
YPX xodimi suvda cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

15:18 / 08.12.2024
Qashqadaryoda xotinini ov quroli bilan otib qo‘ygan erkakka hukm o‘qildi

13:19 / 15.10.2024
Qashqadaryoda Labo haydovchisi piyodani urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan

18:11 / 07.10.2024