“Sovkombank” “O‘zagroeksportbank”ni xarid qilish bo‘yicha bitimni bekor qildi
“Sovkombank” “O‘zagroeksportbank”ni 4 million dollarga sotib olishni nazarda tutuvchi bitimni bekor qildi. Sabab sifatida iqtisodiy sanksiyalar keltirib o‘tilgan.

Foto: Vedomosti
Rossiyaning xususiy banklar orasida kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turuvchi “Sovkombank” banki O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan tuzilgan “O‘zagroeksportbank”ni to‘liq sotib olishni nazarda tutuvchi bitimni bekor qildi. Bu haqda “Sovkombank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sergey Xotimskiy ma’lum qilgan.
“Afsuski, bizga, shuningdek, Rossiyaning deyarli barcha tizimli banklariga nisbatan sanksiyalar joriy etildi. Hozirgi sharoitda loyihani amalga oshirish imkonsiz. Tomonlarning o‘zaro qaroriga ko‘ra bitim bekor qilindi”, — deya ma’lum qilgan bank matbuot xizmati.
AQSh joriy yilning fevral oyi oxirida “Sovkombank”ga nisbatan sanksiyalar kiritgandi. Keyinchalik bir qator boshqa davlatlar tomonidan ham xuddi shu kabi qarorlar qabul qilindi.
“O‘zagroeksportbank”ni Rossiya “Sovkombank”iga sotish bo‘yicha bitim 2022 yilning 23 fevralida tuzilgan edi. Unga ko‘ra, “Sovkombank” “O‘zagroeksportbank”ning 100 foiz davlat ulushini 4 million dollarga sotib olishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, “O‘zagroeksportbank” 2017 yilda tashkil etilgan. Bankning asosiy faoliyati agrosanoat sohasidagi ishlab chiqaruvchilar va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
Jahon | 23:35 / 07.05.2025
-
7 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:10 / 07.05.2025
-
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 23:07 / 07.05.2025
-
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
Jahon | 23:06 / 07.05.2025
Mavzuga oid

16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

20:36 / 28.04.2025
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

23:15 / 26.04.2025