Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“5 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda hech qanday miting o‘tkazilmadi, komendantlik soati qoidalarini buzganlar kuzatilmadi” - Milliy gvardiya rasmiysi
Bugun, 6 iyul kuni bir guruh jurnalistlar Nukus shahrida bo‘lib, so‘nggi voqealar tafsilotlari bilan tanishdilar. Milliy gvardiya mintaqaviy bo‘limida joriy yilning 1-2 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar haqida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
Milliy gvardiya polkovnigi Hamidjon Dadaboyevning ma’lum qilishicha, Nukusda va Qoraqalpog‘istonning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tgan noqonuniy namoyishlarda xorij fuqarolari ham ishtirok etgan. Lekin ularning aniq soni, shaxsiga oid ma’lumotlar tergov siri bo‘lib, surishtiruvlar yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Shu bilan birga, Qozog‘iston bilan chegara bu mamlakat fuqarolari chiqib ketishlari uchun ochiqligi, qo‘shni davlat fuqarolarining Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarda ishtirok etganiga oid ma’lumotlar bo‘lmasa, ular bemalol davlat chegaralaridan o‘tib ketishlari mumkinligi bildirildi.
Tadbirda qatnashgan Kun.uz muxbirining “5 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda mitinglar o‘tkazilishi rejalashtirilgandi, ana shu mitinglar o‘tkazildimi? Shuningdek, komendantlik soati qoidalarini buzganlarga oid statistik ma’lumotlar bormi?” degan savollariga Milliy gvardiya rasmiysi shunday javob berdi:
– 5 iyul kuni Qoraqalpog‘iston hududida hech qanday miting o‘tkazilmadi. Hudud aholisi barcha masalalar mohiyatini anglagan holda bunday tadbirlarda ishtirok etmadi, noqonuniy namoyishlar kuzatilmadi. Komendantlik soati qoidalarini buzganlarga kelsak, belgilangan vaqtda ko‘chaga chiqqanlar surishtirilganda ular asosan zarurat tufayli, masalan, dorixonaga yoki tibbiy yordam izlab chiqqani yoki cheklovlardan bexabarligi ma’lum bo‘ldi. Komendantlik soati qoidalarini qasddan buzganlar qayd etilmadi. Nukus shahrida va umuman, Qoraqalpog‘iston hududida osoyishtalik hukm surmoqda.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

19:40 / 30.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

15:55 / 12.07.2025
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

07:33 / 26.04.2025