Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi
Hukumat qarori bilan ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
2023 yil 1 yanvardan “Ye-patrul” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi. Barcha ma’lumotlar elektron tekshiriladi va patrul-post xodimi faoliyati “bodikamera”ga tasvirga olinadi.
Xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “Ye-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
- shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos bo‘lsa;
- shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lsa;
- shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar bo‘lsa.
Xodim shaxsni to‘xtatganda uni to‘xtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart. Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:
- uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmaganda;
- qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlanganda;
- shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatganda;
- jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi 21 ta binoni YuNeSKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish taklifi etilmoqda
O‘zbekiston | 15:05
-
Octobank “2024 yilda O‘zbekiston bank sohasida jadal taraqqiyot uchun” mukofotiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:00
-
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 14:56
-
Toshkentda Damas va Cobalt yonib ketdi
Jamiyat | 14:48
Mavzuga oid

10:21 / 22.01.2025
Ichki ishlar organlarida ma’muriy konvoy guruhlari tashkil qilinadi

15:27 / 19.08.2024
Toshkentda PPX inspektori kaltaklandi

16:02 / 22.04.2024
Ichki ishlar organlari o‘z faoliyatida dronlardan foydalanishni boshlaydi

13:51 / 22.12.2023