JIDU “smart universitet”ga aylantiriladi - prezident qarori
TDYuU, TDIU, TDShU va SamDU talabalari akademik mobillik asosida bir semestr JIDUga kelib o‘qishlari mumkin bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori imzolandi.
2022/2023 o‘quv yilidan yangi avlod oliy ta’lim muassasasi – “Smart universitet” konsepsiyasi asosida universitet faoliyati transformatsiya qilinadi.
Universitetda akademik faoliyat ilmiy-tahliliy yo‘naltirilganlik va akademik yaxlitlik ta’lim texnologiyalari hamda ularni ta’minlovchi dasturiy-apparat kompleksi asosida, shu jumladan antiplagiat tizimini joriy etgan holda tashkil etiladi.
Har yili universitetning kamida 10 nafar professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrantlari xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalariga ilmiy stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.
2025 yil 1 yanvargacha universitet jurnalini Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish choralari ko‘riladi. Universitetga professor-o‘qituvchilariga ilmiy unvonlarni berish hamda ularni ishga qabul qilishda akademik mustaqillik negizida berilgan ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarni tan olish vakolati beriladi.
2022/2023 o‘quv yili ikkinchi semestrida Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan universitet o‘rtasida talabalar almashinuvini nazarda tutuvchi ichki akademik mobillik dasturlari asosida ta’lim olish istagini bildirgan talabalar uchun bir semestr mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi.
2022/2023 o‘quv yilidan universitet iqtidorli talabalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuboriladi. Universitet huzurida “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempioniga qarshi jang qiladi
Sport | 09:25
-
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
Jahon | 23:59 / 03.05.2025
-
Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat olish talabi qo‘yildi
Iqtisodiyot | 23:20 / 03.05.2025
-
Energetikada yangi narxlar, xususiy OTMga talablar va urushga yollangan o‘zbeklar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:51 / 03.05.2025
Mavzuga oid

14:30 / 21.10.2024
O‘zbekiston Afrika qit’asining nechta davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgani aytildi

14:30 / 30.09.2024
O‘zbekiston va Bahama orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

08:56 / 28.09.2024
O‘zbekiston Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

14:20 / 27.09.2024