O‘zbekiston Qozog‘istonga qariyb 40 ming tonna qovun va tarvuz yetkazib berdi
O‘zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 16,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 39,2 ming tonna;
- Rossiya – 15,1 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 11,1 ming tonna;
- Belarus – 1,1 ming tonna;
- Tojikiston – 624 tonna;
- Latviya – 448 tonna;
- Mo‘g‘uliston – 157 tonna;
- Ukraina – 43 tonna;
- Polsha – 19,4 tonna.
Mavzuga oid

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

10:10 / 09.06.2025