Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yo‘lovchilar yaxshiroq sharoitlarni xohlayapti” – Husniddin Hosilov yo‘lovchi tashish vagonlari yangilanishini aytdi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Husniddin Hosilov tadbirkorlar bilan uchrashuvda yo‘lovchilar vagonlardagi sharoitlardan qoniqmayotgani va bu borada savollar ko‘pligi haqida gapirdi.
18 avgust kuni prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvi doirasida Tadbirkorlar bilan muloqot haftaligining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi Husniddin Hosilov temiryo‘l orqali yo‘lovchi tashish masalasi haqida gapirdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Yo‘lovchi tashish sohasining sifat darajasini yaxshilashimiz kerak. Yo‘lovchilar yaxshiroq sharoitlarni xohlashyapti – e’tibor, vagonlardagi sharoitlar bo‘yicha savollar ko‘p. Bu masalada ham ishlashimiz kerak. Qisqa muddatda birdaniga ko‘p mablag‘ tikib vagon parkining katta qismini yangilash masalasi ustida ishlayapmiz”, – dedi Hosilov.
Ma’lum qilinishicha, aholi harakatini yengillashtirish hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida 2022-2024-yillarda 42 ta zamonaviy elektropoyezdlar xaridi asosida shahar atrofi yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish hajmi 3 barobarga oshiriladi. Elektropoyezdlarning o‘rtacha tezligini 2 barobarga oshirish reja qilingan.
Bundan tashqari, shahar atrofida temiryo‘l orqali yo‘lovchilarni tashishdan ko‘riladigan zarar bilan yo‘lovchi tashishning haqiqiy xarajati o‘rtasidagi tafovutni yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi orqali mahalliy budjetdan subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplash ham kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

20:49 / 27.03.2025
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» tanqid ortidan poyezdlarda sanitariya nazorati kuchaytirilishini e’lon qildi

22:20 / 02.12.2024
«Toshkent - Xojikent» yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yiladi

08:30 / 10.10.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» bosh muhandisi Husniddin Hosilov ishdan ketdi

18:34 / 07.10.2024