Armaniston KXShTdan harbiy yordam so‘radi
Nikol Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, KXShTning harbiy aralashuvi nizoni hal qilish uchun yagona imkoniyat sifatida ko‘rilmaydi. Muammo siyosiy yoki diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi mumkin.

Foto: AP
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarboyjon bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 105 nafar armanistonlik harbiy halok bo‘lganini ma’lum qildi.
U shuningdek, Armaniston mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash uchun 4-modda bo‘yicha Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) murojaat qilganini aytdi. Shartnomaning ushbu moddasida tashkilot a’zosiga harbiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
«Rossiya va KXShT bizning ittifoqchimiz. KXShT to‘g‘risidagi shartnomaning 4-moddasida "Biror ishtirokchi davlat boshqa davlat yoki davlatlar guruhi tomonidan tajovuzga duch kelsa, bu Shartnomaning barcha ishtirokchi davlatlariga qarshi tajovuz deb hisoblanadi" deb yozilgan. Biz KXShTga murojaat qildik»,— dedi Pashinyan.
Uning aniqlik kiritishicha, KXShTning harbiy aralashuvi nizoni hal qilish uchun yagona imkoniyat sifatida ko‘rilmaydi. Muammo siyosiy yoki diplomatik yo‘l bilan hal qilinishi mumkin.
Avvalroq KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Armaniston-Ozarboyjon chegarasida vaziyat keskinlashgani sababli o‘z missiyasini Armanistonga yuborishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi.
Tashkilot xabarida aytilishicha, KXShT bosh kotibi Stanislav Zas boshchiligidagi missiya «mavjud vaziyatni baholash, mintaqadagi vaziyat bo‘yicha davlat rahbarlariga batafsil hisobot tayyorlash va yuzaga kelgan keskinlikni yumshatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish» uchun Armanistonga yuboriladi.
KXShTga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi
Jahon | 22:25
-
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
Jamiyat | 22:18
-
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
Jahon | 22:15
-
Rossiyada migrantlarni robotlar bilan almashtirish taklif etildi
Jahon | 21:58
Mavzuga oid

21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi

07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi

17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

08:23 / 22.03.2025