Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Ukraina, Belarus va Rossiyadagi inson huquqlari himoyachilariga berildi
Mukofotni Rossiyaning «Memorial», Ukrainaning «Fuqarolik erkinliklari markazi» va Belarusning «Vesna» inson huquqlari markazi asoschisi Ales Belyatskiylar bo‘lib olishdi.

Foto: Twitter / TheNobelPrize
2022 yil uchun Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureatlariga Rossiya, Belarus va Ukraina huquq himoyachilari aylandi: Rossiyaning «Memorial» inson huquqlari jamiyati, Ukrainaning «Fuqaro erkinliklari markazi» jamoat tashkiloti va Belarus «Vesna» inson huquqlari markazi asoschisi Ales Belyatskiy. Nobel qo‘mitasi o‘z qarorini 7 oktyabr, juma kuni e’lon qildi.
Tinchlik mukofoti, Alfred Nobelning vasiyatiga ko‘ra, «eng katta muvaffaqiyatga erishgan yoki xalqlarni birlashtirish va amaldagi armiyalar sonini kamaytirishda boshqalardan ko‘ra ko‘proq xizmat qilgan, shuningdek, tinchlik kongresslari o‘tkazgan va ularga e’tibor qaratgan kishiga beriladi».
Joriy yilda Tinchlik mukofotiga 251 kishi va 92 tashkilot ariza topshirgan bo‘lib, nomzodlarning umumiy soni – 343 – mukofot tarixidagi ikkinchi eng ko‘pi bo‘ldi. Rekord 2016 yilda, 376 nomzod bo‘lganida o‘rnatilgan edi.
O‘tgan yili «Novaya gazeta» bosh muharriri Dmitriy Muratov tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlaridan biriga aylandi. U bilan birga mukofot filippinlik jurnalist Mariya Ressega topshirildi. Muratov va Ressa «demokratiya va matbuot erkinligi tobora noqulay sharoitlarga duch kelayotgan dunyoda» bu ideal uchun kurashayotgan barcha jurnalistlar vakilidir, deya ta’kidlab o‘tgandi qo‘mita.
Muratov Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan uchinchi rossiyalik bo‘ldi. Undan oldin u fizik va huquq himoyachisi Andrey Saxarovga va SSSRning yagona prezidenti Mixail Gorbachyovga berilgan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi
Jahon | 07:41
-
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 07:32
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
-
Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
Mavzuga oid

11:47 / 08.07.2025
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi

19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi

09:13 / 25.03.2025
AQSh Davlat departamenti: Ukrainadagi tinchlik bo‘yicha tafsilotlar sulhdan keyin ochiqlanadi

12:13 / 28.02.2025