Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yana shifokor do‘pposlandi
Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Uyshun oilaviy poliklinikasida xizmat vazifasini bajarib turgan 59 yoshli shifokor ish joyida do‘pposlangan.
Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 3 noyabr kuni kech soat 18:30 larda Chiroqchi tumanidagi poliklinikada 35 yildan buyon umumiy amaliyot shifokori (ayni paytda oilaviy shifokor) bo‘lib ishlab kelayotgan X.D. qabuliga bir notanish erkak 2 nafar ayol bilan kelgan.
Erkak shifokorga turmush o‘rtog‘ining betobligini aytib, uni tekshirib qo‘yishini so‘ragan. Shifokor unga bemorni tekshirguniga qadar oyoq kiyimidagi loyni tashqarida yuvib kelishini aytgan. Shundan so‘ng erkak shifokorni haqoratlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, ayovsiz mushtlab, tepkilagan.
Oqibatda shifokor jarohatlar olib, hushini yo‘qotgan. Uni Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga “Peshona, ikkala yonoq, yuz, burun usti, bo‘yin sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘kargan jarohatlari, tirnalmalar, bosh chayqalishiga gumon” tashxisi bilan yotqizilgan. Ayni paytda davo muolajalari davom ettirilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi nazoratiga olingan, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.
Avvalroq, 2022 yil 19 oktyabr kuni Qashqadaryoda bemorning o‘g‘li shifokorni do‘pposlagan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Bundan tashqari, Angor tumanida travmatolog shifokor, Denov tumanida hamshira, 2022 yil 12 oktyabrda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida «Tez yordam» shifokori, 16 oktyabr kuni Mirobod tumanida «Tez yordam» shifokori va haydovchisi do‘pposlangandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat

17:35 / 03.10.2024
Sirdaryoda nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uchun pul olgan shifokorga hukm o‘qildi

11:50 / 17.09.2024
«Chegara bilmas shifokorlar» Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi

12:19 / 10.09.2024