JCh-2022. Osiyodan navbatdagi sensatsiya – Yaponiya Germaniya ustidan irodali g‘alabaga erishdi
JCh-2022 Ye guruhi doirasida Germaniya milliy jamoasi Yaponiyaga qarshi saf tortdi.

Foto: Getty Images
«Xalifa» stadionida kechgan uchrashuvda turnir favoritlaridan biri Germaniya Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, sensatsion mag‘lubiyatga uchradi. 33-daqiqada Gyundo‘g‘an penaltidan hisobni ochib, nemislarni oldinga olib chiqdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida Doan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 83-daqiqada Asano stadionni larzaga keltirdi – 2:1.
O‘tkazib yuborilgan goldan keyin karaxt ahvolga tushgan nemislar o‘yin oxirigacha vaziyatni o‘nglay olishmadi. Shu tariqa, «samuraylar» Osiyoning yana bir jamoasi Saudiya Arabistonidan keyin turnirning ikkinchi sensatsiyasini qayd etishdi.
Natijada, Yaponiya E guruhida 3 ochko bilan hozircha peshqadamga aylanib oldi. Guruhdagi ikkinchi o‘yin soat 21:00da Ispaniya va Kosta-Rika o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
JCh-2022. 1-tur. E guruhi
Germaniya – Yaponiya 1:2
Gollar: 1:0 – 33, penalti Gyundo‘g‘an, 1:1 – 75 Doan, 1:2 – 83 Asano.
Germaniya – Noyyer, Zyule, Ryudiger, Shlotterbek, Raum, Gyundo‘g‘an (Goretska, 67), Kimmix, Xaverts (Fyullkrug, 79), Myuller (Hofmann, 67), Gnabri, Musiala (Getse, 79).
Yaponiya – Gonda, Sakai (Minamino, 74), Yosida, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 57), Endo, Kamada, Kubo (Tomiyasu, 46), Tanaka (Doan, 71), Ito, Maeda (Asano, 57).
Mavzuga oid

11:09 / 14.06.2025
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

15:20 / 13.06.2025
Germaniya: NATOga yangi maqsadlar uchun 60 minggacha qo‘shimcha askar kerak bo‘ladi

12:15 / 13.06.2025
Germaniya tashqi ishlar vaziri: Lavrovga qo‘ng‘iroq qilish uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman

11:33 / 13.06.2025