Farg‘onada er ayolining boshiga bolta bilan urib og‘ir tan jarohati yetkazdi
Farg‘onada 38 yoshli erkak turmush o‘rtog‘iga xo‘jalik boltasi bilan og‘ir tan jarohati yetkazdi. Bu haqida Kun.uz'ga Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 1984 yildan tug‘ilgan A.Q. xotinining bosh qismiga bolta bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
“21 noyabr kuni soat 16:30 atrofida Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Turk mahallasida istiqomat qiluvchi 38 yoshli A.Q. oilaviy kelishmovchilik tufayli turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, voyaga yetmagan farzandi ko‘z o‘ngida ayolning bosh sohasiga xo‘jalik boltasi bilan bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan” deyiladi xabarda.
38 yoshli ayol N.Q. olgan og‘ir tan jarohati oqibatida shifoxonaga yotqizilgan.
Avvalroq, Jizzax viloyatida mast erkak xotinini do‘pposlagan va oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan edi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kiyevga qurol sotishni boshlagan Tramp, G‘azodagi go‘daklarning ahvoli va yong‘inlar to‘xtamayotgan Isroil - kun dayjesti
Jahon | 13:05
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavotlarni hamkorlikda sotadi
O‘zbekiston | 12:53
-
Turistik mavsumda Xorazmga Istanbuldan kunlik qatnovni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi
O‘zbekiston | 12:33
-
Xerson «gubernatori» Ukrainani bozorga hujum qilishda aybladi
Jahon | 12:31
Mavzuga oid

13:51 / 30.04.2025
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi

16:56 / 27.03.2025
Toshkent viloyatida bolalarni urgan tarbiyachi ishdan olindi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

23:57 / 17.03.2025