Mariupoldagi bombardimon qilingan teatr, Baxmutdagi yong‘inlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 303-kunidagi asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyaliklar va belaruslar Bank of Georgia bankidagi o‘z hisoblari bloklangani haqida xabar ola boshlashdi.
- AQSh baholariga ko‘ra, «Vagner» qamoqxonalarda yollangan 40 ming mahbusni frontga yuborgan.
- Kiyevda elektr energiyasini tejash maqsadida trolleybuslar va tramvaylar harakati to‘xtatildi. Endi barcha jamoat transporti yo‘nalishlarida faqat avtobuslar qatnaydi.
- AQSh Senati keyingi yil uchun budjetni ma’qulladi. U Ukrainadagi urush bilan bog‘liq xarajatlar uchun 45 milliard dollar ajratishni ko‘zda tutadi.
- Mariupolda rossiyaliklar aviazarbasidan vayron bo‘lgan dramteatr «snos» qilinadi.
- UYeFA urush boshidan buyon ilk bor Rossiyada turnir o‘tkazadi.
- TASS manbasi Rossiya IIV Ukrainadagi bolalarni «cho‘ktirish» va «yoqish»ga chorlagan jurnalist Krasovskiyning so‘zlarida ekstremizm bor-yo‘qligini tekshiradi.
Quyida 23 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Istilo ostidagi Mariupolda dramatik teatr binosi buzib tashlandi
Mariupol shahrining Ukraina tomonidan tayinlangan ma’muriyati xabar qilishicha, shaharning okkupatsion hukumati Drama teatri binosini buzib tashlamoqda. Urushning ilk davrida ko‘plab shaharliklar boshpana qilgan ushbu binoga 16 mart kuni rossiyaliklar aviabombasi tushgan (bu jurnalistlar va huquq himoyachilari tekshiruvlari orqali ham tasdiqlangan). Shu vaqtga qadar bu hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlarning aniq soni ma’lum emas — Ukraina hukumati 300 nafar atrofida odam qurbon bo‘lganini aytadi, bu esa bu voqeani urushdagi eng ko‘p kishi qurbon bo‘lgan holatga aylantiradi. Rossiya hukumati bu hodisaga qandaydir aloqasi borligini rad etad etadi.


Nikolay Trishin / TASS


Limandagi hayot

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Xerson oblastining Aleksandrovka qishlog‘idagi vayrongarchiliklar

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutda ishlayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Baxmutda (Donetsk oblasti) shu kunlarda eng og‘ir janglar ketmoqda, uning ishtirokchilari bu janglarga allaqachon «Baxmut go‘shtqiymalagichi» nomini bergan. Yakunlangan haftada Baxmutga Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tashrif buyurdi. U shahar mudofaasi ishtirokchilarini taqdirladi.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

16:43
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi

13:01
YeI Ukraina qurollari uchun Rossiya daromadlaridan 1 mlrd yevro ajratadi

12:01
Germaniya Kiyevga beriladigan qurol-yarog‘ haqidagi ma’lumotlarni qisqartiradi

11:17