Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirliklar ayrim rahbarlarining AKT bo‘yicha savodxonlik darajasi baholanadi
Vazirlar Mahkamasining “Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari AKT bo‘yicha savodxonlik darajasini oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi e’lon qilindi.
Mazkur qaror loyihasi bilan:
- vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul tarkibiy bo‘linmasi rahbarlari va xodimlarining har uch yilda bir marotaba o‘tishi majburiy bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik darajasini reyting baholash tizimi asosida malaka oshirishi yangi tartibini joriy etish;
- talabgor har uch yilda bir marta Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining attestat.egov.uz – Attestatsiyadan o‘tkazish va malaka sertifikatini berish yagona axborot tizimi orqali majburiy ravishda attestatsiyadan o‘tishi;
- talabgorning attestatsiya natijalari Attestatsiya axborot tizimidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik darajasini reyting baholash moduli orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyasi sohasiga oid test o‘tkazish yo‘li bilan baholanishi;
- attestatsiya natijalariga ko‘ra, shakllangan tavsiyaga asosan, davlat tashkilotlarining ish beruvchilari tomonidan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi o‘quv muassasalarida davlat tashkilotlarining mablag‘lari hisobiga talabgor malakasi majburiy ravishda oshirilishi;
- talabgorning attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tishi natijasida olgan attestatsiya guvohnomasi uni qonunchilik hujjatlariga muvofiq talabgorni tegishli davlat tashkiloti tomonidan moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda hisobga olinishi va boshqa normalar belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

17:06 / 17.04.2025
Sirdaryolik rahbarlar o‘zbek tili bo‘yicha diktantda salbiy natija qayd etgani ma’lum bo‘ldi

14:00 / 08.09.2024
ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 haftaligi doirasida O‘zbekiston-Latviya raqamli hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi

22:26 / 19.04.2024
«Totalnyy diktant-2024» o‘zbek va qoraqalpoq tilida ham o‘tkaziladi

13:30 / 02.01.2024