Ukrainaga kelayotgan texnikalar va Baxmutda qolganlar hayoti. Urush suratlari
Ukrainada urushning 341-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar
- RF mudofaa vazirligi tayyorlagan buyruq loyihasiga ko‘ra, vazirlik ko‘ngilli tuzilmalar»ni qurol-yarog‘, jihozlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlash, shuningdek, ularning a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
- Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulot boshladi. Belarus mudofaa vazirligiga ko‘ra, harbiy xizmatchilar «so‘nggi yillardagi qurolli to‘qnashuvlar tajribasidan kelib chiqqan holda qo‘shinlardan foydalanishni birgalikda rejalashtirish masalalarini ishlab chiqishadi».
- Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Ukrainada yangi yurish boshlashga tayyorlanmoqda. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning hisoblashicha, Rossiya yana 200 ming kishini safarbar etishi va Eron hamda KXDRdan qurol-yarog‘ olishda davom etishi mumkin. Ukraina quruqlik kuchlari Zaxira kengashi rahbari Ivan Timochkoning hisoblashicha, Rossiya qurolli kuchlari bo‘lajak hujum uchun Donbassda o‘z guruhlarini kuchaytirmoqda.
- AQSh Ukrainaga Bradley rusumli jangovar piyodalar mashinalarining ilk partiyasini jo‘natdi. Bu partiya 60 dan ortiq mashinani o‘z ichiga olgan. Shu bilan birga, Jo Bayden AQSh Ukrainaga F-16 rusumli qiruvchi samolyotlarini jo‘natmoqchi emasligini bildirdi. Emmanuel Makron esa, «hech narsa taqiqlanmagani» va Fransiya Ukrainaga harbiy samolyotlar yuborishi mumkinligini aytgan.
Amerikaliklarning Ukrainaga yuborilayotgan harbiy texnikalari
30 yanvar kuni AQSh Bradley rusumli jangovar piyodalar mashinalarining ilk partiyasini Ukrainaga jo‘natdi — bu texnikalar Vashington yanvar oyi boshida e’lon qilgan 2,85 milliard dollarlik harbiy yordam paketiga kiradi. Bradley Amerika armiyasiga 1981 yilda topshirilgan va Afg‘onistondagi urushda (1979–1989), shuningdek Fors ko‘rfazi (1990–1991) va Iroqdagi (2003–2011) urushlarda qo‘llangan.

U.S. Transportation Command / Oz Suguitan / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutda halok bo‘lgan ukrain harbiysining dafn marosimi

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi hayot

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi vayrongarchiliklar


Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

18:03 / 06.05.2025
Kanada Rossiyaning ulkan «Ruslan» samolyotini musodara qiladi

15:40 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

13:37 / 06.05.2025
Reuters: G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda

21:14 / 05.05.2025