Toshkentda «Gazel» yonib ketdi
Uchtepa tumanida «Gazel» transport vositasi yonib ketdi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr
2023 yilning 04 fevral kuni Uchtepa tumani THAY ko‘chasi «Temir bozor» qarshisida soat 7:30 larda, haydovchi, 1957 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi (MChJga tegishli) bo‘lgan «Gazel» rusumli transport vositasi dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Qayd etilishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025