O‘zbekiston va Qozog‘iston vatandoshlar tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
“Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruv raisi Odil Sattorov boshchiligidagi delegatsiya Ostona shahrida amaliy safar bilan bo‘lib, qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.

Foto: Dunyo
“Fond Otandastar” notijorat aksiyadorlik jamiyati raisi Abzal Saparbekuli bilan uchrashuvda ikki mamlakat vatandoshlar birlashmalari hamkorligida turli tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, qurultoylar, bayramlar va uchrashuvlar o‘tkazish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida “Vatandoshlar” fondi va "Fond Otandastar" NAJ o‘rtasida xorijiy davlatlarda o‘zbek va qozoq madaniyatlari va an’analarini rivojlantirishda mazkur tashkilotlarning salohiyatini kuchaytirish va ularning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish maqsadiga qaratilgan memorandum imzolandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Qozog‘iston xalq assambleyasi, Ostona shahri o‘zbek etnomadaniy markazi, rasmiy va jamoatchilik doiralari vakillari, ushbu mamlakat oliy bilim yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mavzuga oid

20:59 / 27.04.2025
Qozog‘iston hukumati 9 may kuni tantanali yurishlar o‘tkazishni taqiqladi

21:22 / 25.04.2025
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi

08:43 / 25.04.2025
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

07:55 / 23.04.2025