Baxmutda qolganlar hayoti, Lvivda qochqinlar shaharchasi. Urush suratlari
Ukrainada urushning 351-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Volodimir Zelenskiy Yevropa parlamentida chiqish qildi va Yevroittifoqni Ukrainaga harbiy yordamni oshirishga chaqirdi. Uchrashuvdan keyin prezident qiruvchilar yetkazib berish masalasida «ma’lum ijobiy yechimlar» borligini aytib o‘tdi.
- Rossiya armiyasining Ukrainaga bosqin boshidan buyon halok bo‘lgan generallari soni 20 nafardan oshgan. Yaponiya razvedkasi AQSh va Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikda olingan ma’lumotlarga asoslangan holda shunday raqamlarni keltirgan.
- Rossiya harbiylari amalda Luhansk oblastida keng ko‘lamli yurishni boshladi. Bu haqda region harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, RF armiyasining asosiy e’tibori Kreminna yo‘nalishiga qaratilgan, ammo Rossiya bu yerda muvaffaqiyatga erisha olmayapti.
Kun kadri. Donbassdagi ukrain artilleriyachilari

Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Qamaldagi Baxmut hayoti

Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Marek M. Berezowski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Yampildan evakuatsiya
Yampil posyolkasi Donetsk va Luhansk oblastlari chegarasida, Ukraina nazoratidagi Slovyansk shahridan taxminan 30 kilometr sharqda joylashgan. 2022 yil aprel oyi oxiridan sentabr oyi oxirigacha Yampil Rossiya istilosi ostida bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari posyolkani ozod etganiga qaramay, RF armiyasi Donbassda yirik qarshi hujum boshlashi kutilayotgani tufayli rasmiylar bu yerdan tinch aholi vakillarini imkon qadar tezroq olib ketishga urinmoqda.




Lvivdagi modul shaharcha
Keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Ukrainaning nisbatan xavfsizroq bo‘lgan g‘arbiy qismida joylashgan Lviv mamlakatning boshqa regionlaridan yuz minglab qochqinlarni qabul qildi. Shahar ma’muriyati imkon qadar ko‘proq odamni boshpana bilan ta’minlash uchun modul shaharchalar barpo etgan — bu tayyor konstruktiv elementlardan tiklangan kichik uylar majmuasidir. Quyidagi fotosuratlarda aks etgan shaharcha uchun zarur vositalar Polsha tomonidan taqdim etilgan.




Mavzuga oid

18:03 / 06.05.2025
Kanada Rossiyaning ulkan «Ruslan» samolyotini musodara qiladi

15:40 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

13:37 / 06.05.2025
Reuters: G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda

21:14 / 05.05.2025