Namanganda cho‘yan quyish sexida yuz bergan portlash oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Foto: KUN.UZ
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2023 yil 15 fevral kuni Namangan viloyatining Namangan tumanida joylashgan cho‘yan quyish sexidagi parogenerator (avtoklav)da par bosimi ortib ketishi tufayli portlash sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, ro‘y bergan hodisa oqibatida ushbu sexda ishlayotgan 1 nafar ishchi tan jarohati olgan, 2 nafari hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Namangan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:43 / 28.04.2025
Namanganda 25 nafar bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

15:49 / 27.04.2025
Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi

15:59 / 26.04.2025
“Namanganda avtomobillarni ijaraga beruvchi guruhlarning 90 foiz a’zosi o‘quvchilar” - viloyat YHXB boshlig‘i

17:47 / 23.04.2025