Xarkivdagi kundalik hayot va Donbassdagi jangchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 359-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk Baxmut aholisini zudlik bilan shaharni tark etishga chaqirdi.
- Volodimir Zelenskiy videoaloqa orqali xavfsizlik masalalari bo‘yicha Myunxen konferensiyasida chiqish qildi. U Ukrainani Dovudga, Rossiyani — Goliafga tenglashtirgan.
- Ukrainada sud Anton Krasovskiyni genotsid va hokimiyatni zo‘rlik bilan ag‘darishga chaqiriqlar uchun sirtdan besh yil qamoq jazosiga hukm qildi.
- Yevgeniy Prigojin «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Donetsk oblastidagi Paraskoviyevka qishlog‘ini egallaganini ma’lum qildi. Ukraina hukumati bu ma’lumot bo‘yicha izoh bermadi.
- The Insider, Le Monde va Bellingcat surishtiruviga ko‘ra, Rossiyadagi «Ashan» insonparvarlik yordami niqobi ostida Ukrainadagi Rossiya armiyasi uchun mahsulotlar yuborgan. Surishtiruvda aytilishicha, «Ashan» harbiy komissariatlarga o‘z xodimlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar yig‘ib bergan. Safarbarlik e’lon qilinganidan keyin xodimlarga ish joyida chaqiruv qog‘ozlari topshirilgan. «Ashan» vakillari Rossiya armiyasi ta’minoti bilan shug‘ullanganini rad etdi.
Kun kadri. Buchada dafn etilgan ukrain harbiysi qabri

Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi hayot tarzi
Xarkiv oblastining bir qismi keng ko‘lamli bosqinning ilk kunlarida bosib olingandi. 2022 yil kuzida Ukraina qarshi hujumga o‘tdi va regiondagi shahar va qishloqlarning aksarini qaytarib oldi.
«Rossiya armiyasi besh oydan ortiqroq vaqt davomida Xarkiv oblastida bo‘lib turdi. Va bu vaqtda okkupantlar odamlar uchun nimadir qilishga urinmadi ham, faqat yakson etishdi, tortib olishdi va olib ketishdi», — degandi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina armiyasining sentabr oyi o‘rtalaridagi muvaffaqiyatli yurishi to‘g‘risida gapirib.
Xarkiv oblastidan chekingan rossiyalik harbiylar hududdagi shahar va qishloqlarni o‘qqa tutishni to‘xtatgani yo‘q. Quyida ushbu hududlarda yashayotgan odamlar hayoti suratlarda.

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA

Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Ukrain askarlarining Donbass shimolidagi pozitsiyasi

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi ukrainalik mergan

Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

18:03
Kanada Rossiyaning ulkan «Ruslan» samolyotini musodara qiladi

15:40
Yevropa Ittifoqi Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

13:37
Reuters: G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda

21:14 / 05.05.2025