Rossiya Donbass shaharlarini o‘qqa tutmoqda, Baxmut atrofidan evakuatsiya davom etmoqda. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 376-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy hamda Donbassdagi qo‘shinlar boshlig‘i, «Xortitsa» qo‘shinlar tezkor-strategik guruhi qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Volodimir Zelenskiyning savoliga javoban Baxmut mudofaasini davom ettirish zarurligini aytishdi.
- The New York Times nashri yozishicha, Rossiya qo‘mondonligi Ukraina qurolli kuchlarining o‘t ochish pozitsiyalarini ochish uchun «askarlarni ongli ravishda o‘limga yubormoqda». Ukrainalik harbiylar rossiyaliklarning oldingi chiziqdagi shturm otryadlari saflarida «qurbonlar juda ko‘pligi»ni aytgan. Baxmut uchun janglarda «Vagner» XHK shunday taktika qo‘llamoqda.
- RF mudofaa vazirligi Sergey Shoygu Mariupolga kelgani haqida xabar berdi. Idoraning tasdiqlashicha, Shoygu «foydalanishga topshirilgan obektlar tayyorligi va qurilayotgan bino va inshootlardagi ishlarning borishini ko‘zdan kechirgan», shuningdek Rostov oblastidan «DXR» hududiga suv quvuri o‘tkazilishi bo‘yicha hisobotni tinglagan.
Chasiv Yardagi vaziyat
Chasiv Yar — Donetsk oblastining Baxmutdan 13 kilometr g‘arbda joylashgan shahri. Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yo‘nalishidagi asosiy ta’minot yo‘llaridan biri shu shahar orqali o‘tadi. Bu — keng ko‘lamli urushning so‘nggi yetti oyligidagi eng shiddatli janglar kechayotgan yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.
Ko‘plab harbiy ekspertlar — G‘arbdagilar ham, Rossiya va Ukrainadagilar ham RF armiyasi Baxmutni yaqin vaqtlar ichida egallashi mumkinligini aytishmoqda. Muntazam ravishda otishmalarga qaramay Chasiv Yarda qolgan aholi yerto‘lalarda jon saqlashga, shuningdek elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli uylarning pod’yezlarida o‘t yoqishga majbur bo‘lishmoqda. Quyida Rossiya qo‘shini Baxmut atrofiga yaqinlashib kelgan mahalda Chasiv Yarda kuzatilayotgan vaziyat aks etgan suratlar.

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmut atrofidagi shahar va qishloqlardan evakuatsiya
Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) tasdiqlashicha, Baxmut uchun janglarda Rossiya «Vagner»ning eng yaxshi bo‘linmalaridan ayrilgan. Ammo ekspertlar fikricha, yakuniy janglarda xususiy harbiy kompaniya shturmchi bo‘linmalari yana muhim rol o‘ynamoqda.
Volodimir Zelenskiy 6 mart kuni kechqurungi murojaatida Baxmut mudofaasini davom ettirish qaroriga izoh berarkan, shahar uchun janglar «butun urush davomidagi eng katta natijalardan birini berayotgani»ni aytdi. Prezident «Ukraina tashlab ketishi mumkin bo‘lgan qismi yo‘qligi, shu bilan birga, ukrain jangchilari qat’iyati va qahramonligi qadrlanmaydigan okop ham yo‘qligi»ni qo‘shimcha qilgan.
Baxmut uchun janglar davom etarkan, uning atrofidagi shahar va qishloqlardan imkon qadar ko‘p miqdorda tinch aholi vakillarini olib ketishga urinishmoqda.

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ed Ram / Getty Images


Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrain askari dafn marosimi

Thibault Camus / AP / Scanpix / LETA
Kramatorsk o‘qqa tutilishi oqibatlari
6 martga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Donetsk oblastining Kramatorsk shahriga zarbalar yo‘lladi. Raketalardan biri maktab binosiga kelib tushgan, qolganlari 15 ta turar joy binosiga shikast yetkazgan. Shahar meri Oleksandr Goncharenkoga ko‘ra, hujum vaqtida jarohat olganlar yo‘q.

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Konstantinovkada o‘t o‘chiruvchilar faoliyati

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

15:40
Yevropa Ittifoqi Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

13:37
Reuters: G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

14:21 / 05.05.2025