Baxmut mudofaasi davom etmoqda, «vagnerchilar» asir tushmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 382-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Moskva oblastidan safarbar qilinganlarning qarindoshlari Vladimir Putin va Sergey Shoyguga murojaat yo‘llab, zarur tayyorgarlik va qurollarsiz oldingi chiziqqa yuborilgan harbiy xizmatchilarni shturmchi bo‘linmalardan qaytarib olishni so‘rashdi.
- Amerikaning yadro qurolini olib yurishga qodir bombardimonchi samolyoti Boltiq dengizi ustida Sankt-Peterburg yo‘nalishida uchib, manyovr amalga oshirdi. Samolyot Polsha, Estoniya, Latviya va Litva ustidan uchgan, Fin bo‘g‘ozidagi Gogland oroli yaqinida burilgan va Buyuk Britaniya tomon uchib ketgan.
- Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida o‘tgan haftada Baxmut atrofida 1100 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani, yana 1500 nafari yaralanganini aytdi. RF mudofaa vazirligi bu ma’lumotga izoh bermagan.
- Shveytsariya Britaniya tomonidan ishlab chiqarilgan Rapier rusumli 60 ta eski zenit-raketa komplekslarini utilizatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Mahalliy jurnalistlar fikricha, ularni Ukrainaga berish ham mumkin bo‘lgan, ammo Shveytsariya prezidenti to‘liq betaraflik siyosatiga sodiq va urushni muzokaralar yo‘li bilan to‘xtatish tarafdori hisoblanadi.
Kun kadri. «Vagner» XHK yollanma jangchisi ukrain asirligida

Baxmut atrofidagi ukrain askarlari
Ko‘plab harbiy ekspertlar fevraldayoq Ukraina qo‘shini «yaqin haftalarda» Baxmutni tashlab chiqishini taxmin qilgan bo‘lsa-da, Donetsk oblastidagi bu shahar mudofaasi davom ettirilmoqda. «RBK-Ukraina» nashri yozishicha, Baxmut atrofidagi ukrain harbiylarining asosiy vazifasi — Rossiya qo‘shinini holdan toydirish hamda ularni shaxsiy tarkib va harbiy texnikalar bo‘yicha imkon qadar ko‘proq yo‘qotishlar berishga majbur qilish hisoblanadi. Nashrning qayd etishicha, bunday taktika RF armiyasiga muvaffaqiyatli yurish qilish va boshqa yo‘nalishlarda mudofaani mustahkamlashga imkon bermaydi, Ukraina armiyasi esa shu tarzda nafaqat shaharni himoya qiladi, balki qarshi hujumga tayyorlanadi.
Shaharni shturm qilishda ishtirok etayotgan «Vagner» XHK rahbari Yevgeniy Prigojin ham Baxmut atrofida RF armiyasi uchun yuzaga kelgan og‘ir vaziyat haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, «ukrainlar bu shahar himoyasiga tuganmas zaxiralarini olib kelmoqda».
Volodimir Zelenskiy 12 mart kuni kechqurungi videomurojaatida Rossiya qo‘shinining Baxmut atrofida so‘nggi hafta davomida bergan yo‘qotishlariga to‘xtaldi. Ukraina prezidenti tasdiqlashicha, bu muddat ichida RF armiyasining 1100 askari halok bo‘lib, 1500 askar yaralangan. Rossiya tomoni bu raqamlarga izoh bermagan.
Quyida Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari aks etgan suratlar.

Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA


Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA

Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyalik askarlar jasadlarini qidirayotgan ukrain ko‘ngillilari

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbassdagi ukrain harbiy shifokorlari

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsklik ayol vayron bo‘lgan uyi oldida

Mavzuga oid

15:40
Yevropa Ittifoqi Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

13:37
Reuters: G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

14:21 / 05.05.2025