Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: Mart oyida O‘zbekistonga 5 ta mamlakatdan Pfizer vaksinalari olib kelindi
Bu COVID-19’ning so‘nggi shtammlariga ta’sir qiluvchi vaksinadir.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
27 mart kuni Ispaniya tomonidan taqdim qilingan 800 640 doza Pfizer (TRIS, RTU original) vaksinasi O‘zbekistonga yetkazildi va aeroportda mamlakat mas’ullariga topshirildi.
SSV matbuot xizmat aniqlik kiritishicha, natijada, mart oyida O‘zbekistonga olib kelingan koronavirusga qarshi vaksinalar miqdori 2 960 640 dozani tashkil qildi.
Ushbu Pfizer vaksinalari Shvetsiya, Italiya, Chexiya, Xorvatiya va Ispaniya tomonidan taqdim qilindi.
«Pfizer (TRIS, RTU original)ning boshqa turdagi vaksinalardan, shuningdek, ushbu Pfizer’ning avvalgi versiyalaridan farqi shuki, yangi partiya vaksinalari virusning eng so‘nggi shtammlariga ta’sir qilish imkoniyati yuqori. Ushbu vaksinalar yurtimizga COVAX dasturi doirasida yetkazib berilmoqda», deydi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunova.
O‘zbekistonga taqdim qilingan vaksinalarning mamlakatlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
- Shvetsiyadan – 722 880 doza;
- Italiyadan – 702 720 doza;
- Ispaniyadan – 800 640 doza;
- Chexiyadan – 446 400 doza;
- Xorvatiyadan – 288 000 doza vaksina keltirilgan.
Ma’lumot uchun, uch kundan keyin O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari boshlanganiga 2 yil to‘ladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
Mavzuga oid

15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi

21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi

23:23 / 14.04.2025
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi

16:00 / 04.02.2025