Umanda halok bo‘lgan bolalar bilan vidolashuv va Donbassdagi qaynoq nuqtalar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 431-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF mudofaa vazirligida Sergey Shoyguning ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari o‘zgardi — Mixail Mizinsev o‘rniga Rosgvardiya raisi o‘rinbosari, general-polkovnik Aleksey Kuzmenkov tayinlandi.
- Ukraina qurolli kuchlari Sevastopoldagi neft bazada ro‘y bergan yong‘inni Ukrainaning qarshi hujumiga tayyorgarlikning «elementlaridan biri» deb atadi.
- Bryansk oblastida chegaradagi qishloq o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan to‘rt kishi halok bo‘ldi.
- Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi razvedka ma’lumotlariga tayangan holda, rossiyalik komandirlar intizomni buzganlarni zindonga (yer chuqur kavlanib, usti panjara bilan yopilgan qamoqxona) tashlayotgani haqida xabar qildi.
Uman. Raketa zarbasidan halok bo‘lgan bolalarning dafn marosimi
28 aprelga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Cherkass oblastining Uman shahridagi to‘qqiz qavatli uyga raketa zarbasi yo‘llagandi. Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenkoning ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan, jumladan olti bola ham — ularning uch nafari o‘g‘il bolalar (bir yarim, 16 va 17 yoshlarda) va uch nafari qiz bolalar (8, 11 va 14 yoshlarda). Zarba oqibatida 9 qavatli uyning 109 kishi yashagan pod’yezdida kvartiralarning yarmi to‘liq vayron bo‘lgan. Xarobalar ostidan 17 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Yana ikki ayol bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Roman Pilipey / Getty Images

Roman Pilipey / Getty Images



Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA
Avdiyivka atrofidagi ukrain artilleriyachilari




Ukrain harbiylarining Baxmut atrofidagi pozitsiyalari

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA


Libkos / AP / Scanpix / LETA
Frontning turli nuqtalaridagi ukrain harbiylari
Mavzuga oid

14:21
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi

13:22
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025