Toshkentda beton simyog‘ochga urilgan Nexia haydovchisi vafot etdi
Yangihayot tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan Nexia-2 beton simyog‘ochga urildi va ikkiga bo‘linib ketdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahar Yangihayot tumanida Nexia-2 avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 11 may kuni soat 07:30 larda Yangihayot tumani Toshkent aylanma yo‘lining 4P21 yo‘lida 2000 yilda tug‘ilgan A.A. Nexia-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib beton simyog‘ochga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025