Ukraina bo‘ylab zarbalar va Qrimda izdan chiqib ketgan poyezd. Urush suratlari

Kiyev o‘qqa tutilishi ortidan hosil bo‘lgan tutun. Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainada urushning 449-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini 18 mayga o‘tar kechasi Ukrainaning bir qancha oblastlarini, jumladan, Kiyev va Odessani o‘qqa tutdi. Ukraina qurolli kuchlari 30 raketadan 29 tasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Poytaxtda jabrlanganlar yo‘q, Odessada tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan, yana bir kishi — Xarkiv yaqinidagi posyolkaga hujum qurboniga aylangan.
- Pentagonning xabar qilishicha, Kiyevda 16 may kuni raketa zarbasidan shikastlangan Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini tuzatishga muvaffaq bo‘lingan va u hozirda to‘liq ishchi holatida.
- Anneksiya qilingan Qrimda g‘alla ortilgan poyezd relsdan chiqib ketdi. OAV portlash haqida xabar bergan. Qrim temiryo‘llari xabariga ko‘ra, hodisa «tashqi aralashuv natijasida» ro‘y bergan. Hodisa terakt sifatida baholanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
- Rossiyaning Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov xabar berishicha, chegaradagi hududlar o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lgan. U hujumda Ukraina qurolli kuchlarini ayblagan, Ukraina tomoni bu ma’lumot yuzasidan izoh bermagan.
Ukraina shaharlari bo‘ylab zarbalar
18 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyev, Xerson, Vinnitsa, Xmelnitskaya, Odessa, Xarkiv va Jitomir oblastlari bo‘ylab navbatdagi zarbalar seriyasini amalga oshirdi. Odessada tinch aholi vakillaridan biri halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan. Xarkiv oblastida ham bir kishi hujum qurboni bo‘lgan. Kiyevda urib tushirilgan raketa parchalari tushishi oqibatida garajlar kooperativida yong‘in chiqqan, Xersonda xususiy turar joy binosiga zarba kelib tushgan.
RF mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlari tunda «xorijda ishlab chiqarilgan qurollar va texnikalarning yirik omborlari bo‘ylab, shuningdek dushmanning zaxiralariga yuqori aniqlikda harakatlanuvchi qurollar bilan guruhli zarbalar bergani»ni ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, «zarbalardan maqsadga erishilgan».
Quyida hujumga uchragan shaharlarda zarba oqibatlari aks etgan suratlar.

Reuters / Scanpix / LETA

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Reuters / Scanpix / LETA

Andrii Marienko / AP / Scanpix / LETA

Nina Liashonok / Reuters / Scanpix / LETA

Press Service of the Operational Command South of the Ukrainian Armed Forces / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmutdagi Ukraina qurolli kuchlari jangchilari

Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Vincenzo Circosta / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Okkupatsiya ostidagi Qrimda diversiya

Reuters / Scanpix / LETA


Mavzuga oid

14:21
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi

13:22
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025