Jahon | 20:40 / 10.08.2025
1720
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi borasidagi qarorni Rossiya chiqarmaydi -  AQSh vakili

"Buni NATOning yangi a’zoni yakdillik bilan qabul qilishga rozi bo‘ladigan 32 a’zosi hal qiladi", - dedi AQShning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker.

Foto: NurPhoto

Amerikaning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Ukrainaning alyansga a’zo bo‘lish masalasi Moskva ishtirokisiz hal qilinishi kerakligini aytdi.

"NATOga a’zo bo‘lish yoki bo‘lmaslik masalasi ko‘rib chiqilayotgani haqida gapiradigan bo‘lsak, yakunda bu boradagi qarorni Rossiya chiqarmaydi. Buni NATOning yangi a’zoni yakdillik bilan qabul qilishga rozi bo‘ladigan 32 a’zosi hal qiladi", - dedi u CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Uitakerning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning NATOga a’zo bo‘lish yo‘lida "ko‘plab bosqichlar" mavjud.

Avvalroq New York Times nashri o‘z manbasiga tayanib Yevropa va Kiyev AQShdan Ukrainadagi nizoni hal qilish bo‘yicha bo‘lajak kelishuvlar doirasida xavfsizlik kafolatlarini berishini hamda mamlakatning NATOga a’zo bo‘lish imkoniyati saqlanib qolishini talab qilayotgani haqida yozgandi.

Mavzuga oid