Baxmut. Shahar uchun janglarning 10 oyi - suratlarda
Prigojin shahar to‘liq ishg‘ol etilganini aytmoqda, Ukraina mudofaa vazirligi vaziyat - «kritik» tus olganini tan olgan.
20 may kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Donetsk oblastining Baxmut shahri o‘z yollanma jangchilari tomonidan to‘liq egallangani haqida xabar berdi. U shuningdek shaharning vayron bo‘lgan kvartallarida ko‘tarilgan Rossiya bayroqlari videosini ham e’lon qildi. RF mudofaa vazirligi bilan mojarolashgan Prigojin uning guruhi Rossiya armiyasining qolgan bo‘linmalari ishtirokisiz amaliyot o‘tkazib, bu orqali muntazam armiyaga «o‘ziga kelib olish» uchun imkon berganini ta’kidladi.
Avvaliga Ukraina tomoni «Vagner» XHKning bayonotlarini qat’iyan rad etdi: Ukraina QK Sharqiy qo‘shinlar guruhi spikeri Sergey Cherevatiy Rossiya kuchlari Baxmutni o‘z nazoratiga olgani to‘g‘risidagi xabarni rad etib, ukrain harbiylari «Baxmut uchun jangni davom ettirayotgani»ni aytib chiqdi. Keyinroq Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar vaziyat «kritik» tus olganini tan oldi va ukrain harbiylari shaharning so‘nggi uchastkasi — «Samolyot rayoni»ni ushlab turganini ma’lum qildi. Hozirda Yaponiyaning Hiroshima shahrida G7 sammitida ishtirok etayotgan Volodimir Zelenskiy jurnalistning savoliga javoban Baxmut boy berilgani haqidagi xabarlarni rad etdi: «Menimcha, yo‘q. Siz u yerda hech narsa yo‘qligini tushunishingiz kerak. Ular [Rossiya] barchasini vayron qilishdi. Birorta bino qolmadi. Qattiq afsus. Bu fojia. Bugungi kunda Baxmut faqat qalbimizdadir».
Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar esa Rossiya qo‘shinlari Baxmutni o‘rab ololmagani va ular shahar atrofidagi tepaliklarning bir qismini boy berganini ma’lum qildi. Malyarning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina QK Baxmutni yarim qurshov holatiga tushirgan, shaharning egallangan hududlarida turgan Rossiya qismlari esa mudofaalanishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Front chizig‘i 2022 yil avgustida Baxmutga yaqinlashib kelgandi — shahar uchun og‘ir janglar kuzda boshlangandi. Keng ko‘lamli bosqinga qadar 70 mingdan ortiq kishi yashagan Baxmut bugunga kelib butkul vayron qilingan. Quyida shahardagi harbiy harakatlar xronologiyasi aks etgan suratlar.

Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA

Bulent Kilic / AFP / Scanpix / LETA

Yasuyochi Chiba / AFP / Scanpix / LETA


Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Libkos / AP / Scanpix / LETA

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Valentin Sprinchak/TASS

Oleksandr Klymenko / Reuters / Scanpix / LETA

Valentin Sprinchak / TASS

Iryna Rubakova / AP / Scanpix / LETA

Maxar Technologies / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

14:21
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi

13:22
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025