Belgoroddan olib qaytilgan o‘lja va ukrainlarning Donbass shimolidagi pozitsiyalari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 455-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Yevgeniy Prigojin katta intervyu berib, yana bir bor RF mudofaa vazirligini tanqid qildi, Rossiya elitasiga munosabatini bildirdi va Ukrainadagi urush rivoji bo‘yicha prognoz berdi. Uning qisqacha mazmuni haqida bu yerda o‘qish mumkin.
- RF mudofaa vazirligi ukrainlarning boshqaruvchisiz katerlari Bosfor atrofida Qora dengiz flotining «Ivan Xurs» kemasiga hujum uyushtirgani haqida xabar berdi. Vazirlik barcha uch dron yo‘q qilingani, kema shikastlanmaganini aytgan. Ukraina hukumati hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan.
- Financial Times nashri Belgorod oblastiga hujum ishtirokchilari Amerika texnikasidan foydalanganini yozgan. AQSh ularni Ukrainaga mamlakat qurolli kuchlari ulardan Rossiya hududida foydalanmasligi sharti bilan bergandi.
- Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov regionda hududiy mudofaa kuchlarining yetti bataloni shakllantirilganini — ammo Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, jangchilar qurol olib yura olmasligini aytdi.
RKK jangchilari Rossiyada o‘lja qilib olingan BTR fonida suratga tushishdi
«Rossiya ko‘ngillilar korpusi» (RKK) — Ukraina qurolli kuchlari tomonida turib jang qilayotgan tuzilma hisoblanadi. RKK jangchilari bungacha kamida ikki marta Rossiyaning chegara hududidagi shahar va qishloqlariga hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga olgandi — masalan, 2 mart va 6 aprel kunlari Bryansk oblastida diversiya uyushtirilgan, 22 may kuni esa Belgorod oblastiga ancha ichkari kirib borildi (bu amaliyot haqida bu yerda batafsil o‘qish mumkin).
RKK telegram-kanalida 22 may kuni jangchilar Belgorod oblastidan Rossiya FXXga tegishli bo‘lgan zirhli transportyorni (BTR) olib qochib kelishgani aytilgan video joylashtirildi. «Rossiya „muxolifati“dan shirin sovg‘alarni kutishga sabrimiz chidamadi, shuning uchun o‘zimizga o‘zimiz sovg‘a qildik. Masalan, BTR 82A», — deyilgan xabarda.

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina QKning Donbass shimolidagi pozitsiyalari


Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Olenivkaga zarba vaqtida halok bo‘lgan «Azov» jangchining dafn marosimi

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

14:21
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi

13:22
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025