Baxmutda asirlar almashinuvi, dron ovlayotgan rossiyalik zenitchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 457-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 26 may kuni Dniproda tibbiyot muassasalari binolariga rossiyaliklar raketalari kelib tushishi oqibatida yong‘in chiqdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lib, 32 kishi yaralangan.
- Kiyevda o‘tkazilgan xavfsizlik bo‘yicha forumda AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland ukrainlarni Vashington ularga Rossiya kelajakda yangi urush boshlashiga imkon bermaydigan xavfsizlik tizimi barpo etishda yordam berishiga ishontirdi.
- Pskov oblastida dronlar gaz o‘tkazish quvuri ma’muriy binosiga hujum qildi, Tver oblastida ham «Drujba» gaz o‘tkazish quvuri uchun neftni qayta ishlash stansiyasiga portlovchi qurilma o‘rnatilgan dron kelib urilgan.
- RF IIV armiyani obro‘zsizlantirish ishi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan iqtisodchi Konstantin Soninni qidiruvga berdi.
- Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte uning hukumati Kiyevga F-16 qiruvchilarini yetkazib berish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotganini tasdiqladi, ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror hali qabul qilinmagan va buning uchun Vashingtonning roziligi talab etiladi.
- Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov mamlakat armiyasi uzoq kutilgan qarshi hujumni boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Kunning asosiy fotosurati. Ukrainalik asirlar va jasadlar almashinuvi
Ukraina QK va «Vagner» XHK (kompaniya o‘z bo‘linmalarini Baxmutdan olib chiqmoqda) o‘rtasida keng ko‘lamli harbiy asirlar almashinuvini o‘tkazdi. Ukrainalik harbiy asirlarning 106 nafari uyga qaytgan, Rossiya tomoni ozod qilgan yollanma jangchilar va harbiylarning soni ma’lum qilinmadi.

Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA


Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA

Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA

Yevhenii Zavhorodnii / Reuters / Scanpix / LETA
Dniproga raketa zarbasi oqibatlari

Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

J. Daniel Hud / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukraina QK jangchilari dron uchirmoqda

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA

Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Qishloqdagi ayol otishmadan keyin o‘z uyi hovlisini metall izlovchi moslama bilan tekshirmoqda

Viktoriia Lakezina / Reuters / Scanpix / LETA
Frontdagi rossiyalik zenitchilar




Mavzuga oid

14:21
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi

13:22
Rossiya Ukrainani yana o‘qqa tutdi: bir kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025