Toshkentning 3 tumanidagi ayrim joylarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Foto: Kun.uz
Elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlari oldini olish maqsadida bugun, 10 iyun kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Ular:
- Mirobod tumanining Moshtabib, Nukus, Said Baraka, Amir Temur va Turkiston ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Yashnobod tumanining Chashma, Ilg‘or shoh, Ohangrabo, «Mirishkor» MFYning Darxon, Ilg‘or shohko‘chalari hududida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Yunusobod tumanining Usta Shirin, Akmal Po‘lat va Mirtemir ko‘chalari hududida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
«Hududiy elektr tarmoqlari» Toshkent shahar filiali ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

11:16
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?

08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

19:00 / 22.05.2025