Odessa o‘qqa tutildi, Xerson va Mikolayiv oblastlarida evakuatsiya davom etmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 472-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- BBC rus xizmati va «Mediazona» jurnalistlari ko‘ngillilar yordamida Ukrainada halok bo‘lgan 25 mingdan oshiq rossiyalik harbiy xizmatchilarni nomma-nom aniqladi.
- Ukraina qo‘shini kamida to‘rt uchastkada qarshi hujum harakatlarini boshladi, bu haqda Amerikaning Urushlarni o‘rganish instituti (ISW) hisobotida qayd etilgan. The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, g‘arbdagi mulozimlar Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum davomida okkupatsiya ostidagi barcha hududlarni ozod etishini kutishmayapti.
- Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Kiyevga keldi. U Ukraina uchun 500 million kanada dollari qiymatidagi yangi harbiy yordam paketi ajratilishini anons qildi. Tryudo shuningdek, Kanada qiruvchi samolyotlar uchun ukrain uchuvchilarini tayyorlash bilan shug‘ullanishiga va’da berdi.
- Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 11,5 milliard rublni tashkil etadi, bu haqda Xerson oblastining anneksiya qilingan qismiga Rossiya tomonidan tayinlangan «hukumat» raisi Andrey Alekseyenko ma’lum qildi.
Odessaning o‘qqa tutilishi

Serhii Smoliensev / Reuters / Scanpix / LETA

Serhii Smoliensev / Reuters / Scanpix / LETA

Nina Liashonok / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Suv bosgan Xerson o‘qqa tutilishi
Kaxovka GES to‘g‘onidagi falokat tufayli Xerson shahrining ham bir qismini suv bosgan. Eng jiddiy jabrlangan Korabel va Dnipropetrovsk rayonlarining ayrim joylarida suv sathi uchinchi qavatgacha yetgan. 8 iyun kuni Xersonga Volodimir Zelenskiy tashrif buyurgandi, o‘sha kuni shahar markazi RF qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi — bu vaqtda Xersonda suv bosgan uylardan aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilayotgandi. Shahar rasmiylariga ko‘ra, otishma oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlangan, ular orasida qutqaruvchilar ham bor.

Vasilisa Stepanenko / AP / Scanpix / LETA

Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Yan Dobronosov / Global Images Ukraine / Getty Images

Roman Pilipey / Getty Images

Roman Pilipey / Getty Images

Seth Herald / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Xerson oblastining Rossiya nazoratidagi hududlaridagi vaziyat
Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishidan uch kun o‘tganidan keyin ham, 8 iyun kuni holatiga Dnipro daryosining RF kuchlari nazorat qilayotgan so‘l sohilida olti ming kishi evakuatsiya qilinishini kutayotgandi — bu haqda «Verstka» evakuatsiya bo‘yicha murojaatlarni qabul qilayotgan ko‘ngillilarga tayanib xabar bergan. Eng ko‘p murojaatlar Oleshki shahridan bo‘lgan.
Xerson oblastining anneksiya qilingan qismi «hukumati» ma’lumotiga ko‘ra, 9 iyun kuniga kelib suv bosgan hududlardan 5,8 mingdan ortiq kishi olib chiqilgan, shundan 243 nafari bolalar. Ukraina tomoni xabariga ko‘ra, Dniproning o‘ng sohilida suv bosgan hududlardan 2412 kishi evakuatsiya qilingan.

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishining Mikolayiv oblastidagi oqibatlari

Oleksii Filippov / AFP / Scanpix / LETA


Oleksii Filippov / AFP / Scanpix / LETA

Daniel Carde / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Arabat strelkasiga (yarimorol) zarba oqibatlari


Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59 / 03.05.2025