Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Putinning qalin do‘sti bo‘lgan, Qrimga kelgan va uch bor iste’foga chiqqan. Berluskonining hayoti suratlarda
Silvio Berluskoni 86 yoshida vafot etdi.
Silvio Berluskoni 1936 yil 29 sentabrda Milanda tug‘ilgan. 1943 yilda uning oilasi vaqtincha Shveytsariyaga ketadi, chunki uning otasi, antifashist Luidji Berluskoni Italiyada qolishi xavfli edi. 1961 yilda Berluskoni Milan universiteti huquqshunoslik fakultetini a’lo baholar bilan bitiradi. Ko‘p o‘tmay u qurilish kompaniyasiga asos soladi, 1978 yilda esa — Telemilano kabel telekanaliga. 1984 yilga kelib u uchta umummilliy telekanallarga egalik qilardi, ular keyinchalik Mediaset holdingiga birlashadi. Ikki yil o‘tib Berluskoni «Milan» futbol klubini sotib oladi va klub uning rahbarligi davrida 4 bor Italiya chempioni bo‘ladi, 5 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqadi.
1994 yilda Berluskoni «Olg‘a, Italiya» partiyasiga asos solgan va parlament saylovlarida g‘olib chiqib, bosh vazirga aylangan, ammo bir yil ichida lavozimini tark etgan. Keyinroq u yana uch marta Italiya hukumati tepasiga keladi — 2001, 2005 va 2008 yillarda.
2011 yilda u so‘nggi bor iste’foga chiqadi. Uning siyosiy faoliyati turli mojarolar va korrupsiyada ayblovlar bilan birga kechadi. Xususan, 2013 yilda Milan sudi Berluskonini voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka yollash va o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilishda aybdor deb topib, yetti yillik qamoq jazosiga hukm qilgandi. Ammo apellyatsiya sudi uni to‘la oqlaydi.
2022 yil sentabrida Berluskoni senat uchun saylovlarda g‘alaba qozongandi.
1950-yillar oxiri va 1960-yillar boshida, hali talaba ekanida Berluskoni kruiz laynerlarda qo‘shiq kuylab pul ishlagan. Bundan tashqari, u kontrabas chalgan. Yangi asr boshida u Neapol qo‘shiqlarining ikki albomi, shuningdek, o‘zining «Milan» futbol klubi va Forza Italia partiyasi uchun madhiyalar yozgan.
Marka / Universal Images Group / Getty ImagesSilvio Berluskoni keksayib qolguniga qadar erkaklik xarizmasidan foydalangan. Mashhur italyan yozuvchisi Umberto Ekoning hisoblashicha, siyosatchining bu sifatlarining elektoratga ta’siri — uning uzoq yillik muvaffaqiyati sabablaridan biri bo‘lgan. Bu fotoda Berluskoni 48 yoshida
Umberto Cicconi / Getty ImagesBerluskoni 1977 yilda. O‘shanda u o‘z media-imperiyasini qurishni endigina boshlagandi. Shu yildan uning TeleMilano telekanalida to‘laqonli ko‘rsatuvlar efirga keta boshlaydi.
Edoardo Fornaciari / Getty ImagesBerluskoni tadbirkor sifatida 1988 yilda o‘z qudrati cho‘qqisiga chiqadi — u mamlakatdagi yagona xususiy media-imperiya Fininvest’ga egalik qilar va jahon futbolida gegemonga aylana boshlagan «Milan» klubi xo‘jayini edi.
AGF / Universal Images Group / Getty Images1994 yil yanvar. Berluskoni RAI davlat telekanali efirida o‘z siyosiy faoliyatini boshlayotganini e’lon qiladi.
Franco Origlia / Getty Images1986 yil. Mediamagnat Berluskoni o‘z telekanali studiyasida
Ferdinando Scianna / Magnum PhotosMediamagnat Berluskoni o‘z uyida, 1986 yil
Ferdinando Scianna / Magnum PhotosSilvio Berluskoni buyuk «Milan» futbol klubini qurishga kirishgan, 1988 yil. Fotoda u shu kunlarda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan va «Milan»ga transfer qilingan niderlandiyalik Ruud Gullitni muxlislarga taqdim etmoqda.
FOTOGRAMMA MIMMO CARULLI / SIPA / Scanpix / LETABerluskoni «Milan» o‘yini vaqtida, 1992 yil. Bu vaqtga kelib klub ikki bor (1989 va 1990 yilda) Yevropa chempionlar kubogini (hozirgi YeChL) qo‘lga kiritgandi.
Franco Origlia / Getty ImagesForza Italia («Olg‘a, Italiya») partiyasi ramzlari— emblema va Berluskoni yuzi tasvirlangan znachok. 1994 yilda bosh vazir bo‘lgach, u G‘arbda populistik rejimlarni jonlantirish trendiga asos soladi.
Franco Origlia / Getty ImagesBerluskoni ikkinchi rafiqasi Veronika Lario, Boris va Naina Yelsin bilan G7 sammitida. 1994 yil, Neapol.
Franco Origlia / Getty ImagesBosh vazirlikka nomzod Berluskoni o‘z telekanali studiyasida, 2001 yil. U saylovlarda g‘olib bo‘ladi va dastlabki iste’fosidan yetti yil o‘tib hukumat rahbarligiga qaytadi.
Franco Origlia / Getty Images1994 yil 17 may — Berluskoni tayinlovidan atigi olti kun o‘tib hokimiyatni yo‘qotishi mumkin. Fotoda bosh vazir hukumatiga ishonch votumi paytida tasvirlangan. Dekabr oyida Berluskonining koalitsiyasi parchalanib ketadi, 1995 yil yanvarida u lavozimni tark etadi. O‘shanda hech kim u yana hokimiyatga qaytishi va jami 10 yil davomida mamlakatni boshqarishini tasavvur qila olmasdi.
Franco Origlia / Getty ImagesO‘zaro do‘st bo‘lgan Vladimir Putin va Silvio Berluskoni AQSh prezidenti kichik Jorj Bush bilan. 2002 yil
Sergei Chirikov / EPA / Scanpix / LETAAQSh prezidenti kichik Jorj Bush Kemp Devidda 2002 yil bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani vaqtida Italiya bosh vazirining so‘zlarini tarjimon orqali tinglamoqda.
Mark Wilson / Getty ImagesVladimir Putin va Silvio Berluskoni Zavidovoda kechki ovqat stolida. 2003 yil, katta do‘stlikning boshlanishi.
Alexey Panov / AFP / Scanpix / LETA«Milan» futbolchilari 2007 yilda Chempionlar ligasi kubogini tutgan klub prezidenti Berluskonini osmonga irg‘itishmoqda — bu uning boshqaruvi davridagi beshinchi chempionlik kubogi edi.
Pressefoto Ulmer / Ullstein Bild / Getty ImagesSilvio Berluskoni Rimdagi uyi «Palatsso Gratsioli»da, 2008 yil. O‘z vaqtida bu uy balkonidan turib diktator Benito Mussolini nutq qilardi. Foto: Alex Majoli / Magnum PhotosBerluskoni Forza Italia partiyasining ayollar kongressida o‘z tarafdori bilan, 2008 yil
Alex Majoli / Magnum PhotosBosh vazir Berluskoni shifoxonani tark etmoqda, u bu yerga yomon niyatli shaxs unga Milan sobori nusxasi bilan zarba berganidan so‘ng tushib qolgandi. Uning burni singan va tishlari to‘kilgan. 2009 yil
Vittorio Zunino Celotto / Getty ImagesBerluskonining Arkoredagi uyi oldida uning portretiga nayzachalar sanchayotgan namoyishchilar, 2011 yil
Massimo Di Nonno / Getty ImagesNeapolda Berluskoni va uning voyaga yetmagan sevgilisi Rubi Rubakuorini aks ettiruvchi qo‘g‘irchoqlar. Sobiq bosh vazir kelib chiqishiga ko‘ra marokashlik bo‘lgan ushbu raqqos bilan hech qachon jinsiy aloqa qilmaganini aytgan, 2011 yil
Napoli / IPA / Sipa USA / Vida PressBerluskonining iste’fosini talab qilayotgan ayollar, 2011 yil fevral. Bosh vazir kelib chiqishiga ko‘ra marokashlik bo‘lgan voyaga yetmagan raqqos bilan jinsiy aloqa qilishda gumonlangandi. Ko‘p o‘tmay siyosiy va iqtisodiy inqiroz sababli u iste’foga chiqadi. Bir necha yil davom etgan sud jarayonidan keyin Berluskoni «jinoyat tarkibi yo‘qligi tufayli» bu ish bo‘yicha oqlanadi.
Marco Secchi / Getty ImagesRimdagi maydonda yig‘ilganlar Berluskonining uchinchi va so‘nggi marta bosh vazirlikdan ketishini olqishlashmoqda, 2011 yil
Anan Sesa / Imago / Scanpix / LETABerluskoni mahbubasi Francheska Paskale bilan, 2012 yil
Paolo Della Bella / LaPresse / Scanpix / LETAItaliya sobiq bosh vaziri 2015 yilda Yalta aholisi bilan muloqot qilmoqda. U Qrimning anneksiya qilinishida Putinni qo‘llagan kam sonli g‘arblik siyosatchilardan biri bo‘lgandi.
Aleksey Drujinin / RF prezidenti matbuot xizmatiPutin va Berluskoni 2015 yil 12 sentabrida Sevastopolda shahar «gubernatori» Sergey Menyaylo bilanBerluskoni o‘zining jismoniy holati a’lo darajada ekanini namoyish etishga harakat qilmoqda. Bu foto olingan 2015 yilda u 79 yoshda edi. Foto: Brambatti / EPA/ Scanpix / LETABerluskoni siyosiy mavzudagi televizion shouda, 2019 yil. Uning partiyasi Yevroparlament uchun saylovlarda o‘z tarixidagi eng yomon natijani ko‘rsatadi, ammo yetakchining o‘zi eng keksa deputat bo‘lib saylanadi.
Italy Photo Press / imago images / Scanpix / LETABerluskoni 2022 yil oktyabrida Italiya prezidentligiga saylanishga harakat qiladi. Fotoda — sobiq bosh vazir Senatda prezident nomzodi uchun ovoz berish jarayonida. U saylovda yutqazadi. Uch oy o‘tib unda oqqon aniqlanadi, 2023 yil iyunida esa u vafot etdi.
Massimo Di Vita / Archivio Massimo Di Vita / Mondadori Portfolio / Getty ImagesBerluskonining muxlislari kumirining Arkoredagi uyida vidolashuv so‘zlarini qoldirishdi. Italiya, 2023 yil 12 iyun
Stefano Guidi / Getty Images