Toshkentda himoya orderi tartibini buzgan va bezorilik qilgan AQSh fuqarosi jarimaga tortildi

Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 27 may kuni Toshkent shahridagi savdo markazlaridan birida 61 yoshli AQSh fuqarosi birga yashovchi ayol bilan janjallashib, haqoratlab, unga paketlar uloqtira boshlagan.
Nemolchi.uz loyihasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu u tomonidan sodir etilayotgan birinchi tajovuz emas. Jabrlanuvchi avvalroq himoya orderini olgan.
9 iyun kuni video-konferens-aloqa orqali ochiq sud majlisida Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi AQSh fuqarosini himoya orderi talablarini buzganlikda va mayda bezorilikda aybdor deb topdi.
Sudya ayblanuvchining yoshi, oilaviy ahvoli, shuningdek, moddiy ahvolini inobatga olib, unga nisbatan jarima solishni maqsadga muvofiq deb topdi:
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha 990 ming so‘m;
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 206-1-moddasi bo‘yicha (bezorilik va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bajarmaslik) - 330 ming so‘m.
Sud tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir nechta huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash) bilan ayblanuvchiga ikkita huquqbuzarlik uchun jami 990 000 so‘m miqdorida jarima solingan.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31 / 26.04.2025