Ozod etilgan qishloqlar xarobalari va Xersonda toshqin oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 484-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- BMT har yilgi hisobotida Rossiyani Ukrainada 136 nafar bola o‘ldirilishida aybdor deb atadi. Hujjat nashr etilishidan oldin Reuters va AFP tomonidan ko‘rib chiqilgan. BMT baholariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar 91 nafar boladan jonli qalqon sifatida foydalangan.
- Anneksiya qilingan Qrim va okkupatsiya ostidagi Xerson oblasti rasmiylari Ukraina qurolli kuchlari yarimorolni region bilan bog‘lovchi, Chongar yaqinidan o‘tgan ko‘prikka raketa zarbasi yo‘llaganini xabar qilishdi.
- Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lishi natijasida endilikda sayozlashib qolgan suv omboridan qazilgan to‘rtta sug‘orish kanallari tizimi (ulardan biri Shimoliy Qrim kanali) suvsiz qolishiga olib keldi.
- Volodimir Zelenskiy Rossiya okkupatsiya ostidagi Zaporijjya AESda «radiatsiya chiqarish» orqali terakt sodir etishga tayyorlanayotganini aytdi. Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi avariya holatida amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni e’lon qildi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning bayonotini «navbatdagi yolg‘on» deb atadi.
- Ukraina prezidenti Rossiya kitob va gazetalarini olib kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Oliy rada uni bir yil muqaddam qabul qilgandi.
- RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu iyun oyi oxirigacha Rossiya zaxira armiyasini shakllantirish «yakunlanishi» rejalashtirilganini aytdi.
- «Vagner» XHK SOBR, OMON, GROM va boshqa tuzilmalarning sobiq xodimlarini okkupatsiya qilingan hududlarda «harbiy politsiya» shakllantirish uchun yollashga kirishdi, bu haqda «Verstka» nashri aniqlagan.
- Kaliningradlik faol Igor Barishnikov harbiy «feyk»lar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha yetti yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jarrohlik amaliyotiga zarurat sezayotganiga qaramay (unda o‘simta aniqlangan va saratonga gumon qilingan), uni koloniyaga yuborishgan.
Kun kadri. Pokrovsk o‘qqa tutilishi

Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastida qaytarib olingan qishloqlardagi ukrain askarlari

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press



Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbass shimolidagi ukrain dala hospitali

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Suv chekinganidan keyingi Xerson
Xersonda Kaxovka GESdagi falokatdan keyin keskin ko‘tarilgan suv sathi pasaymoqda. Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 22 iyun tongiga kelib Xerson oblastida suv darajasi 15 santimetrgacha pasaydi. Ukraina nazoratidagi hududlarda uchta aholi yashash manzilida jami 214 ta uy suv bosgan holida qolmoqda, oblastning anneksiya qilingan qismida esa 17 ta qishloq hamon suv ostida.

Olexander Kornyakov / AFP / Scanpix / LETA

Arthur Khanov / AFP / Scanpix / LETA

Arthur Khanov / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid

19:15 / 03.05.2025
Ukraina Qora dengiz ustida Rossiyaning Su-30 qiruvchi samolyotini urib tushirdi

17:18 / 03.05.2025
Zelenskiy Putin taklif qilgan 3 kunlik sulhni rad etib, 30 kunlik otashkesimga chaqirdi

13:37 / 03.05.2025
AQShda Ukraina uchun F-16 sotib olish va texnik xizmat ko‘rsatish paketi tasdiqlandi

12:59 / 03.05.2025