Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi katta namoyishlarga nima sabab bo‘ldi?
Fransiya yana dunyo diqqat markazida. Va yana katta namoyishlar sababli. 24 iyun kuni Nanter shahri politsiyachisi 17 yoshli Nael ismli o‘smirinni mashinada harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatishga uringan, Nael mashinani to‘xtatmagani uchun uni otib o‘ldirgan. Guvohlar voqeani telefonga yozib olib, internetga tarqatishi ortidan bu Fransiyadagi etnik kamchiliklarning g‘azabiga sabab bo‘ldi va ommaviy namoyishlar boshlanib ketdi.
Namoyishchilar politsiyaning harakatlarida irqiy, diniy kamsitish borligi, bu ish rasizm ekanini aytishmoqda.
Namoyishlar shu qadar ehtirosli tus oldiki, o‘tgan bir hafta ichida jami 150 dan ortiq meriyaga, ya’ni hokimiyat binolariga hujum qilindi. Ularning ayrimlari yoqib yuborildi. Jami o‘n mingdan ortiq odam jarohatlandi. 700 dan ortiq politsiya va jandarmeriya xodimlari tan jaroxatlari oldi. Ikki mingdan ortiq namoyishchi qo‘lga olindi.
Shu paytga qadar yoqib yuborilgan xususiy va jamoat transportlari, xususiy va davlatga tegishli uy-joylarning soni aniq emas. Umumiy yetkazilgan zararning miqdori bir necha o‘n milliard yevro bo‘lishi aytilmoqda – hozircha aniq raqamlar yo‘q.
AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Fransiyaga bormaslikka chaqirdi. Fransiyada bo‘lib turgan amerikaliklarga esa mehmonxonalardan chiqmaslik tavsiya qilindi. Fransiyada bo‘lib turgan turistlar ham shokda.
Fransiyadagi voqealarni tahlil qilayotgan Yevropa jurnalistlari va siyosatchilari, Fransiyani “Yevropaning kasal odami” deb nomlashmoqda. Odatda, bu ibora, eng ziddiyatli va inqirozlar domidan chiqmaydigan davlatlarga nisbatan ishlatiladi.
Fransiya prezidenti Makron Yevropa Ittifoqi sammitidan barvaqt chiqib, Parijga qaytishga majbur bo‘ldi. Shu kunlarda Makronning Germaniyaga davlat tashrifi belgilangan edi, u ham bekor qilindi.
Bu namoyishlar, yil boshidan beri – ikkinchi yirik namoyishlar hisoblanadi. Mart oyida Makron Fransiyadagi pensiya yoshini 62 dan 64 ga ko‘targan va o‘sha qaror oldidan ham millionlab fransuzlar ommaviy namoyishlarga chiqishgan edi. O‘sha mart namoyishlari sabab, Parijga kelishi kutilayotgan Angliya qiroli Charlz III'ning tashrifi ham bekor qilingan edi. Mana endi, Makronning o‘zi Berlinga bora olmadi.
17 yoshli Naelning o‘ldirilishi, Fransiya-Jazoir munosabatlarini ham biroz murakkablashtirdi. Asli Fransiyada tug‘ilib o‘sgan Nael Fransiya fuqarosi edi. Shunday bo‘lsa-da, Jazoir Fransiyadagi asli jazoirliklarni himoya qilishga chaqirgan.
Fransiyada vaziyat ancha murakkab. Bir tomondan, bu davlatda demokratik-huquqiy institutlar muttasil ishlaydi. Sud hokimiyati mustaqil. Ko‘riladigan ishlarda ksenofobik motivlar orqali hukm chiqarish xolatlari juda kam uchraydi. Lekin, ayni paytda, fransuz jamiyatida ksenofobiya va islomofobiya kayfiyatlari borgan sari kuchayib bormoqda. Bunday deyish uchun, saylov natijalarini kuzatish yetarli. Yildan yilga ashaddiy o‘nglar – ksenofobiya va islomofobiya platformasida bo‘lgan siyosiy kuchlar, partiyalar ko‘p ovoz olib, Fransiyadagi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi partiyalarga aylanib borishmoqda.
Shuning uchun, Fransiyadagi etnik kamchiliklardagi bezovtalikni tushunish mumkin. 2017 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Fransiya kuch ishlatar tizimlari, etnik qora tanlilar va arablarni, oq fransuzlarga nisbatan 20 marta ko‘proq to‘xtatib, tekshirishi aniqlangan edi.
Bu ommaviy namoyishlar fonida, BMT ham Fransiya davlat organlarini rasizm va ksenofobiya bilan kurashishga chaqirdi. Yevropa Kengashi esa, o‘tgan mart oyidayoq kuch ishlatar tizimlarni namoyishchilarga nisbatan yumshoq munosabatda bo‘lishga chaqirgan edi.
Har bir davlatda hokimiyat va xalq o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri shakllanib boradi. Fransiyada hokimiyatning legitimligi u qadar yuqori emasligini ko‘rish mumkin. Qiyoslash uchun, qo‘shni Germaniyada xalq va hokimiyat munosabatlari Fransiyadagi kabi o‘ta ziddiyatli emas.
Globallashgan dunyoda hokimiyatlar o‘zlarining legitimligini alohida o‘ylashlari kerak. Hattoki demokratik davlatlarda ham jamiyatning ma’lum qatlamlaridagi hokimiyatga bo‘lgan noroziliklar, yillar davomida to‘planib, kristallashib borishi mumkin.
Fransiyada Nael o‘limidan keyin boshlangan namoyishlar tinchimoqda. Lekin, bu namoyishlarning ildizi, sabablari hali yo‘qolgani yo‘q. Fransiya borgan sari qutblashmoqda. Mana shu qutblashuvni Fransiya qanday hal qiladi, etnik kamchiliklar borasida qanday yeqimlar topiladi – bu davlatning istiqboli ushbu yechimlarga bog‘liq bo‘ladi.
Kamoliddin Rabbimov,
siyosatshunos
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

14:28 / 02.08.2025
O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida dippasport egalariga viza bo‘yicha bitim imzolandi

10:59 / 31.07.2025
Kiyevda yana aksiya: talablar o‘zgarmadi, yangi shiorlar

12:39 / 30.07.2025
Fransiya va Britaniya ortidan Malta ham Falastinni tan oladi

18:55 / 27.07.2025