BMT Bosh kotibi musulmon jamiyati bilan birdam ekanini aytdi
Guterrish Nyu-Yorkda Islom hamkorlik tashkilotining bir guruh elchilari bilan uchrashdi.

Foto: AA / New York
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish islomofobiya harakatlarini qoralab, musulmon jamoatchiligi bilan birdamlik bildirdi.
Bu haqda Guterrish Nyu-Yorkda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) elchilari guruhi bilan uchrashuvda aytdi.
Guterrish BMT Inson huquqlari kengashining «kamsitish, dushmanlik va zo‘ravonlikka olib keladigan dinga qarshi nafrat bilan kurashish» rezolyutsiyasini amalga oshirish uchun harakat qilishini ta’kidladi.
Shuningdek, tashkilot Bosh kotibi musulmon jamoatchiligi bilan birdam ekanini aytdi.
Bosh kotib murosasizlik, zo‘ravonlik va islomofobiya xatti-harakatlarini qoraladi, bu esa «qarama-qarshilikni kuchaytirib, diskriminatsiya va radikallashuvni qo‘zg‘atadi».
Guterrishning bayonoti so‘nggi paytlarda Qur’onni yoqish bilan bog‘liq holatlarning ko‘payishi fonida yangradi.
Mavzuga oid

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025
Samarqandda BMTning Davlat xizmati forumi bo‘lib o‘tadi

21:46 / 02.06.2025