Dembele «PSJ»ga o‘tishga rozilik berdi
Usmon Dembele «PSJ» klubiga o‘tishga yaqin. «Barsa» uni Mbappe bilan kelishuvga qo‘shishga uringani futbolchini ranjitgan.

Foto: Getty Images
Insayder Fabritsio Romanoga ko‘ra, fransiyalik vinger Parij klubiga o‘tishga rozilik berdi. Tomonlar 5 yillik og‘zaki kelishuvga erishgan. «PSJ» transfer bo‘yicha «Barselona»ga rasmiy xat yo‘llagan.
L’Equipe xabariga ko‘ra, «PSJ» Rasmus Heylund transferini amalga oshira olmagach, Dembelega taklif bilan chiqqan.
Qayd etilishicha, «Barsa»ning Kilian Mbappe uchun parijliklarga Dembele va Gavini taklif qilishga uringani Usmonning Kataloniya klubini tark etish qaroriga sabab bo‘lgan. Uning shartnomadagi tovon puli 50 mln yevroni tashkil etadi, Parij klubi bu mablag‘ni to‘lab transferni amalga oshirishi mumkin. Shartnomaga ko‘ra, bu mablag‘ning faqat yarmi «Barsa» hisob raqamiga o‘tkazilsa, qolgan 25 mln yevroga futbolchining o‘zi ega chiqadi.
Avvalroq, «PSJ» Kilian Mbappening jamoani tark etishiga shubha qilmayotgani sababli uning o‘rniga Usmon Dembeleni taklif etmoqchi ekani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid

10:01 / 03.06.2025
PSJ g‘alabasidan keyin tartibsizliklar: Parijda yana 79 kishi ushlandi

13:29 / 01.06.2025
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi

01:49 / 01.06.2025
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi

16:34 / 31.05.2025