O‘zbekiston | 09:36 / 03.08.2023
1828
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda turizm xizmatlarini baholashning raqamli tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda «turoperator – mehmonxona – transport – savdo va xizmat ko‘rsatish» kompleks xizmatlarini ko‘rsatuvchi turistik klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Turizm sohasida islohotlarni yanada jadallashtirish va davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda turistik xizmatlarni sertifikatlash va turizm infratuzilmasi obektlari, shuningdek, joylashtirish vositalarini tasniflash jarayoni uchun QR-kod orqali turistlarni baholashning to‘liq raqamlashtirilgan tizimi joriy etiladi.

Mavzuga oid