Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon viloyati hokimi yordamchisi tumanga hokim bo‘ldi
Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi. Tumanning oldingi rahbari prezident yig‘ilishida ishdan olingandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi
Alisher Olimjonovich Xalilov Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Alisher Xalilov 1984 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanining Dardoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 2004 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini, 2014 yilda prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi oliy maktabni tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida bir necha sanoat korxonalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Qo‘rg‘ontepa tumaniga 2021 yil fevralidan buyon Elyorbek Nabijonov rahbarlik qilib kelayotgandi. U 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yig‘ilishda o‘ndan ortiq tuman va shahar hokimlari qatorida ishdan olingandi.
Mavzuga oid

00:58
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi

14:54 / 01.08.2025
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025