O‘zbekiston | 08:00 / 08.09.2023
2313
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va BAA ikki tomonlama asosiy tadbirlar jadvalini kelishib oldi

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va BAA elchisi ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi asosiy tadbirlar jadvalini kelishib oldi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Birlashgan Arab Amirliklari elchisi Said al-Qamziy bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-humanitar, turizm va boshqa sohalarda O‘zbekiston-BAA hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi asosiy tadbirlar jadvali kelishib olindi.

Mavzuga oid