Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tish ballini 89,2 foiz talabgor to‘plolmadi – bu yilgi «perevod» mavsumi haqida
Oxirgi yillarda OTMga o‘qishga kirish imtihonlari bilan bir qatorda xorijiy, nodavlat va davlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish ham alohida mavsumga aylandi.

Foto: Kun.uz
Davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishga faqat 2 holatda: talaba turmush qurganda turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash joyiga, talabaning ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarganda o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.
«Perevod» uchun minimal ball 1 yil oldingi o‘tish ballidan anchayin past
Lekin imtihon asosida istalgan xorijiy va mamlakat ichidagi xususiy OTMda o‘qiyotgan talabalar o‘qishini davlat OTMga ko‘chirish mumkin. Ular buning uchun o‘tish ballini to‘plasa yetarli. O‘tish balli esa bir yil oldingi kirish imtihonlaridagi o‘tish balliga qaraganda ancha pastroq.

Masalan, 2022 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi «Davolash ishi» yo‘nalishida o‘tish balli 159,4 ball bo‘lgan bo‘lsa, bu yil o‘qishni ko‘chirish uchun sog‘liqni saqlash sohasi yo‘nalishlarida belgilangan minimal o‘tish balli 129 ball etib belgilangan.
Yoki ta’lim yo‘nalishida o‘tish balli 94 ball etib belgilangan, aksar ta’lim yo‘nalishlarida esa o‘tish ballari bundan anchayin baland bo‘ladi. Toshkent davlat pedagogika universitetining «Tarix» yo‘nalishida o‘tish balli 159,1 ball, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida esa 125,7 ball bo‘lgan. Ta’lim yo‘nalishida o‘tish balli 94 balldan pastroq bo‘lgan yo‘nalishlar ham bor, lekin talabgir yo‘nalishlarda ball anchayin baland bo‘lgan.
Shu minimal ballga ham yetolmaganlar
O‘tish balli ancha past bo‘lgani sabab bir yildan keyin xususiy yoki xorijiy OTMda o‘qib turib, o‘qishini ko‘chirish niyatida bo‘ladiganlar yetarlicha bo‘ladi. Masalan, bu yil xorijiy va xususiy OTMdan davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun 54,2 ming kishi ariza topshirgan. Ularning 41,1 ming nafari Bilimlarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan imtihonda qatnashgan.
Lekin testda ishtirok etganlarning 89,2 foizi o‘qishni ko‘chirish uchun belgilangan minimal ballarni to‘play olmagan. Faqat 4,3 ming nafar talabgor o‘tish ballini to‘plab davlat OTMda o‘qish imkoniga erishgan. Lekin 4,3 ming soni ham kichkina raqam emas. Bu – davlat shuncha shaxsning oliy ta’limda o‘qishi uchun sharoit qilib berishi kerakligini anglatadi.
O‘qishni ko‘chirish imtihonlari ham xuddi kirish imtihonlari kabi shaffof imtihon tarzida o‘tkazilayotgani yaxshi, albatta. Lekin har ikkala holatda OTMga kirish va o‘qishni ko‘chirishdagi ballarda katta farq bo‘lishi qanchalik to‘g‘ri? Ballar o‘rtasida sezilarli farq bo‘lishi bir yil oldin yuqori ball to‘plab davlat OTMga o‘qishga kirgan talabalarga nisbatan adolatsizlik bo‘lmaydimi? Agar hammasi shu tartibda davom etsa, o‘qishga kirib bir yildan keyin ko‘chirish uchun talabgor bo‘ladiganlar soni oshib borishiga sabab bo‘lmaydimi?
Masalan, Bilim va malakalarni baholash agentligi tahlillariga ko‘ra, ayrim xususiy universitetlardan mingdan oshiq talabgor o‘qishini davlat OTMga ko‘chirish uchun ariza bergan.
Bundan tashqari, OTMda qancha talabgor o‘tish ballini to‘plab «perevod» qilishini, qancha talabaga o‘qish joyi ajratishlari kerakligini oldindan prognoz qilish va ularga sharoit qilish imkoni mavjudmi?
OTMga kutilmagan tarzda yuk tushmasligi va avvalroq talaba bo‘lganlarga nisbatan adolatsizlik bo‘lmasligi uchun bularni ham bir o‘ylab ko‘rish kerakdir balki.
Zilola G‘aybullayeva
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml AQSh bilan yashirin muzokara olib bordi va Ukraina bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi
Jahon | 23:50 / 31.07.2025
-
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi
Jahon | 23:05 / 31.07.2025
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi
Jahon | 22:53 / 31.07.2025
-
Parlamentdagi muxolifat, pulli yo‘llarning kechiktirilishi, o‘zbek sportidagi xush va noxush xabar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:42 / 31.07.2025
Mavzuga oid

21:19 / 28.07.2025
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi

13:13 / 24.07.2025
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi

17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?

11:09 / 21.07.2025