Surxondaryoda temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan avtomobilni poyezd urib ketdi
Poyezd xodimi haydovchiga yordam ko‘rsatib, shifoxonaga yetkazdi.

Foto: iivtransport.uz
17 sentabr kuni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida yo‘lovchi poyezdi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashdi. Bu haqda Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shaharlararo qatnovchi Sarosiyo-Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi «Zartepa-Surxon» temiryo‘l bekatlari oralig‘ida joylashgan, qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasidan 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi A.O‘. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli avtomobilni urib yuborgan.
Oqibatda, avtomobil texnik shikastlanib, metan gaz chiqa boshlagan. Shundan so‘ng, poyezdda xizmat qiluvchi safdor serjant G‘ayrat Sa’dullayev zudlik bilan avtomobilda behush yotgan haydovchini chiqarib olgan va Jarqo‘rg‘on tumani tez-tibbiy yordam markaziy shifoxonasiga olib borgan.
Mavzuga oid

21:16 / 11.06.2025
Boysunda vodorod sulfidi gazi miqdori me’yordan oshmagan – Ekovazirlik

18:07 / 10.06.2025
Termizda Damas 17 yoshli skuter haydovchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi

18:45 / 09.06.2025
Surxondaryoda 913 mlrd so‘mga «Sangardak» turistik markazi qurilmoqda

10:06 / 07.06.2025