Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan 400 nafar hamshira Germaniyaga ishlash uchun yuboriladi
O‘zbekistonlik 400 nafar hamshira kelgusi yilda Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuboriladi.

Foto: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabariga ko‘ra, vazir Behzod Musayev Germaniyaning Aconnecta kompaniyasi bosh direktorlari Anastasiya Kol va Aleksey Sverdlov bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston fuqarolarining tashkiliy tarzda Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish sohasida aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida vazirlik va mazkur tashkilot o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandumi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan Aconnecta kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolandi. Endilikda germaniyalik hamkorlar bilan O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga jo‘nab ketish oldidan kasb-hunarga o‘qitish hamda tayyorlash bo‘yicha loyiha ishga tushiriladi.
Loyiha doirasida mamlakatdagi kasb-hunarga o‘qitish markazlarida Germaniya standartlari asosida hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusi yilda 400 nafar hamshirani Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuborish rejalashtirilmoqda. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan fuqarolarni Germaniyada munosib ish va yashash sharoiti bilan ta’minlash hamda ularni ijtimoiy-huquqiy himoyalash bo‘yicha ikki tomonlama choralar ko‘riladi.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi
Ta’lim | 12:50
-
Qo‘yliq mavzesidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 12:27
-
Milliy tashuvchilar og‘ir yuklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri Xitoydan tashishni boshladi
O‘zbekiston | 12:24
-
Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan uch kishi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 12:01
Mavzuga oid

11:19 / 24.07.2025
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

15:23 / 07.05.2025
«Oilaviy shifokorlar 1500, hamshiralar esa 600–800 dollar oylik oladigan tizim qilamiz» - prezident

08:33 / 21.03.2025